#Nurafshon
#shahar_ozodaligi
#obodlik
Sariq nimcha kiygan shahar bekasi,
U ham xuddi bizdek ko‘ngil egasi.
Issiqdan ham qochmas, qorda berkinmas,
Ozodalik uchun hech joni tinmas,
Har kim ham tanlamas bunday hunarni,
Balki bizdan ko‘proq sevar shaharni...
✍️ Ikrom NARZULLO
Suratda: Nurafshon shahar 3-sektor hududida joylashgan "Taraqqiyot" va "Yuksalish" MFY larda shahar ozodaligi ishlarida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube

👍5🏆2🔥1👏1
#Nurafshonda_yangi_yil
Nurafshonda Yangi yil shukuhi kezmoqda
🌃 Bu yil asosiy bayram tomoshalari “Nurafshon siti” markazidagi amfiteatr maydonida boʻlib oʻtadi.
🎄 Ayni paytda amfiteatr ertakona tus olgan, 27 metr balandlikdagi ulkan archa bezatilgan. Hududda suratga tushish maydonchalari, turli koʻngilochar nuqtalar ham tashkil qilinmoqda.
🎊 Bayram munosabati bilan archa atrofida viloyat va shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan qiziqarli badiiy dastur namoyish etiladi.
🎉 Bolajonlar uchun turli oʻyin qurilmalari oʻrnatilmoqda, shuningdek, arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkalari ish boshlamoqda.

👍5👏1🎉1🏆1
#rasmiy_munosabat
Joriy yilning 21-dekabr kuni "Yoshlar kundaligi" telegram kanalida e'lon qilingan "Mirzayevning tashabbusi kimning tashabbusi bilan paysalga solinmoqda?" (https://t.me/c/1247517364/15293) nomli maqolasi yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:
Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 25-noyabrdagi “Viloyatda “3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni”ni munosib o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan:
Nurafshon shahar hokimining 2022-yil 7-dekabr kuni 327-10-213-F/22 sonli Shaharda "3-dekabr - Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni"ni munosib o'tkazish to'g'risida farmoyishi va unga ilova tarzda shaharda "Mehr-muruvvat oyligi"ni o'tkazish bo'yicha shahar ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan.
1️⃣ 3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan ko‘zi ojiz bo'lgan fuqarolar uchun shahrimizdagi "O'zbegim" to'yxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi hamda ularga esdalik sovg'alari va buyumlari topshirildi.
2️⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Oilaviy poliklinikasida jami 97 ta I-guruh nogironligi bor bemorlar, og'ir ijtimoiy sharoitdagi shaxslar mavjud. 21.12.2022 yil holatiga ko'ra jami 42 ta nogironligi bor fuqarolar mahalla kesimida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Bu tadbirlar 30-dekabr kunigacha davom etadi.
3️⃣ Nurafshon shahridagi 22 ta MFYlarda istiqomat qilib kelayotgan 98 nafar nogironligi bor fuqarolarga byudjet va homiylar mablag'lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, hassa, qo'ltiqtayoq va boshqa lozim bo'lgan uskunalar topshirildi.
4️⃣ Shuningdek, "Mehr muruvvat oyligi" doirasida "Xayr saxovat dekadasi" tashkil etilib shahar oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan nogironligi bo'lgan va yakka-yolg'izlarning uylariga borib, ularning holidan xabar olinib, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
"Mehr muruvvat oyligi" doirasida qilinayotgan ishlar va jarayonlar hokimlikning quyidagi ijtimoiy tarmoqlaridagi manzillari orqali muntazam yoritib borilmoqda.
📲 Batafsil:👇

👍2👏1💯1
#bilasizmi
Markaziy bank 2022 yilning 26 dekabridan boshlab nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilari muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi.

👍2🔥1👏1
#bayram_muborak
22 DEKABR - ENERGETIKLAR KUNI
📝 Mazkur sananing tarixi 1920-yilga borib taqaladi. Aniqrog'i, Sovetlar davlatida "Davlat elektrlashtirish rejasi" qabul qilinganligi munosabati bilan Ittifoq Oliy Kengashining 1966-yil 23-maydagi farmoniga ko'ra 22-dekabr Energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
🔶 Ayrim MDH davlatlarida ushbu bayram dekabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi va rasmiy maqomga ega emas. Shuningdek, energetiklar bayrami hech qayerda dam olish kuni deb e'lon qilinmagan. Aksincha, yilning eng uzun tuni bo'lgani uchun energetiklar odatdagidan ko'proq mehnat qilib, xonadonlarga yorug'lik va issiqlik olib kiruvchi kasb egalari sifatida e'tirof etiladi.
🎊 Soha xodimlariga chin qalbimizdan mustahkam sog'lik, farovonlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va O'zbekiston energetika sohasini rivojlantirish va takomillashtirishda yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👏1🎉1
#diqqat
📝 Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida AI-80 markali benzinga joriy etilgan imtiyoz joylarda "o‘yin bo‘lib ketmasligi" kerakligini alohida ta’kidlab, bu borada Bosh prokuratura va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar bergan edilar.
🔷 Bugungi kunda Nurafshon shahar hududida 6 ta AYoQSH faoliyat olib borayotgan bo'lib, joriy yilning 22 dekabr holatiga ko'ra quyidagi 5 ta shaxobchalarda:
1. "FORMULA 1" MCHJ
2. "UNG PETRO" MCHJ
3. "ORZU NEFT SAVDO" MCHJ
4. "BARS" MCHJ
5. "RUSTAM" xususiy korxona
💸 Ai-80 benzin narxlari 5700 so'mdan quyib berilmoqda.
❗️Eslatma!!! Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan bo'lib, unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.
👨💻 Siz shuningdek, kunlik ma'lumotlarni @benzin_antimon_bot telegram manzili orqali bilishingiz, kuzatib borishingiz mumkin.

👍3🔥1👏1
#Nurafshon
#Munosabat
#Prezident_murojaatnomasi
Davlat xizmatchilari faoliyat samaradorligini baholash — davr talabi
Davlat hokimiyati organlarining xalq bilan muloqot qilish, boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik, xalq bilan bamaslahat ish yuritish yangi Oʻzbekiston siyosatining ustuvor jihatlaridan biri sanaladi.
Qayd etish joizki, barcha islohotlarimiz zamini va koʻzgusi bu — mahalla. Jamiyatimizdagi barcha jarayonlar mahalla hayotida oʻz ifodasi va amaliy yechimini topadi. Mahalla — tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʻrgʻonidir.
Batafsil:
Odiljon ATAULLAYEV,
Nurafshon shahar “Chigʻiriq” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi

👍2🔥1👏1💯1🏆1
#Nurafshon
#hunarmand
#shogirdlar
📝 Yurtimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
💁♀️ Nurafshon shahrida faoliyat olib borayotgan "Hunarmand" uyushmasining shahar bo'limi xodimi, hunarmand-murabbiy Feruza Yunusova boshchilik qilayotgan to'garakda ham bugun ko'plab yosh hunarmand shogirdlar hunarmandchilikning sir-asrorlarini o'rganishmoqda.
🎁 Bayram munosabati bilan bir guruh faol yosh hunarmand o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

👍1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon_birinchi
🎉 Gʼalaba muborak, Nurafshonim!!!
Qozogʼiston Respublikasida boʼlib oʼtgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Osiyo chempionatida Nurafshon shahar 57-maktabning oʼquvchilari Qoʼchqorova Madina 1-oʼrin, Izzatova Xadicha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
💐 Jajji sport malikalarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!!!
📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
🎉 Gʼalaba muborak, Nurafshonim!!!
Qozogʼiston Respublikasida boʼlib oʼtgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Osiyo chempionatida Nurafshon shahar 57-maktabning oʼquvchilari Qoʼchqorova Madina 1-oʼrin, Izzatova Xadicha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
💐 Jajji sport malikalarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!!!
📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍5👏1🎉1🏆1
#Nurafshon
#is_gazi
#ogohlik
📢 “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan shahrimizning barcha hududlarida is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan profilaktik-targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
📝 Bo‘limning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yetakchi muhandisi G. Ishimova tomonidan "Obod" MFYdagi 14-DMTT tarbiyachilariga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔷 Targ'ibot tadbirlari shahrimizdagi barcha mahallalarda davom etmoqda.

👍2👏1