Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Hurmatli hamshaharlar!!!

Bugun, 13-yanvar kuni ham O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi.

Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Unga ko'ra ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha bo‘ladi.
#xalq_bilan_hamnafaslik

Nurafshon shahar "O'zsanoatqurilishbank" xodimlari tomonidan bugungi anomal sovuq kunlarida shahrimizda mehnat qilayotgan fidoyi obodonlashtirish sohasi vakillariga issiq kofe va ovqatlar ulashildi.

Halol mehnati, mashaqqatli, faxrli kasbi uchun ularga minnatdorchilik bildirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat_bildirish

Hurmatli hamshaharlar!!!

Hozirgi vaqtda ob-havo haroratining keskin sovib ketishi, hududlarda gaz bosimini keskin kamayishi, elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojni oshishi sababli transformator shoxobchalari yuklama (nagruzka) bilan ishlamoqda.

Sovuq kunlarni betalafot oʼtkazib olish maqsadida Nurafshon shahar ETK yana bir bor fuqarolarga toʼgʼri tushuntirgan holda imkon boricha KOʼChА ChIROQLАRI, ELEKTRON REKLАMА BАNNERLАRI hamda TАDBIRKORLIK SUBYEKTLАRI ISH FАOLIYATINI VАQTINChА TOʼXTАTIB turishingizni soʼraydi.

Oʼz oʼrnida Nurafshon shahar elektr taʼminoti korxonasi sovuq kunlarni betalafot oʼtkazish maqsadida korxonaning barcha xodimlarini jalb etgan holda avariya holatlarini bartaraf etish choralarini koʼrmoqda.

✍️ Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat

🔷 Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan 13-yanvar soat 18:00 da fuqarolar bilan ovozli chat oʼtkaziladi.

📢 Ushbu ovozli chatda 2023 yil 1-yanvardan Pensiya taʼminotidagi oʼzgarishlar, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi toʼgʼrisida maʼlumotlar hamda oʼzingizni qiziqtirayotgan savollaringizga mutaxassislar tomonidan javoblar beriladi.

⭐️ Suhbat manzili 👉
https://t.me/+I4l1ctfQMPAzYTEy

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#birdamlik
#xalq_bilan

Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "O'zbegim" to'yxonasida bugungi anomal sovuq ob-havo sharoitida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari uchun tushlik tashkil etildi.

Eslatib o'tamiz, hokimlik tomonidan har kuni 2 mahaldan bepul ovqat tashkil etilib, obodonlashtirish xodimlari va xalq bilan hamnafaslikda, birdamlikda xizmat qilayotgan soha mehnatkashlariga tarqatilib boriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#foto_nigoh

🔥 Nurafshon shahri IIB boshligʼi va boʼlim xodimlari sovuqda mehnat qilayotgan xodimlarga issiq yeguliklar tarqatishmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat_bildirish

📢 Havo haroratining keskin paysaishi va qorli kunlarda aholiga qulayliklar yaratish va issiqlik tizimlarini doimiy nazoratda ushlab turish maqsadida Nurafshon shahar gaz taʼminoti xodimlari oʼz ishlarini masʼuliyat bilan bajarishmoqda.

Hurmatli gaz isteʼmolchilari! Xonadoningizdagi mavjud gaz jihozlaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda foydalanishingizni so'raymiz.

Аyniqsa gaz bosimi tanqisligi kuzatilyotgan hududlardagi xonadon egalaridan xonalarni isitish maqsadida gaz xoʼjaligida qabul qilinmagan yasama temir pech, Eron va nosoz dudburonli isitish pechlaridan va shlang ulanishlardan foydalanmaslik boʼyicha ogohlantiramiz.

🙏 Aslo, gaz jihozlarni yoqiq holatda, nazoratsiz qoldirmasliklarini soʼrab qolamiz.

✍️ "Nurafshonshahargaz" taʼminoti boʼlimi

☎️ 99 004 81 04

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube