Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#aholiga_qulaylik
#birdamlik

Nurafshon shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uylar oldidagi qor-muzlamalar tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqilmqoda.

Bunday xayrli ishda xalqqa hamnafas bo'layotgan Shahar uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasining jonkuyar xodimlarini alohida e'tirof etish kerak.

Shu vaqtga qadar ular tomonidan yo‘llardagi muz qoplagan joylar, shuningdek, hali olib ketishga ulgurilmagan qor uyumlarini olib chiqish, yo‘llarda qorning tezroq erishi uchun tuz-qum aralashmasi sepish ishlari birdamlikda amalga oshirildi.

Shahrimizdagi savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrof-hududlarini, bozorlarning kirish qismlarini qordan tozalash ishlarini tashkil etish
jarayonlari davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4👏3🔥1💯1
#Nurafshon
#aholiga_qulaylik
#birdamlik

Nurafshon shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uylar oldidagi qor-muzlamalar tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqilmqoda.

Bunday xayrli ishda xalqqa hamnafas bo'layotgan Shahar uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo‘limining jonkuyar xodimlarini alohida e'tirof etish kerak.

Shu vaqtga qadar ular tomonidan yo‘llardagi muz qoplagan joylar, shuningdek, hali olib ketishga ulgurilmagan qor uyumlarini olib chiqish, yo‘llarda qorning tezroq erishi uchun tuz-qum aralashmasi sepish ishlari birdamlikda amalga oshirildi.

Shahrimizdagi savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrof-hududlarini, bozorlarning kirish qismlarini qordan tozalash ishlarini tashkil etish jarayonlari davom etmoqda.


📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#birdamlik
#xalq_bilan

Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "O'zbegim" to'yxonasida bugungi anomal sovuq ob-havo sharoitida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari uchun tushlik tashkil etildi.

Eslatib o'tamiz, hokimlik tomonidan har kuni 2 mahaldan bepul ovqat tashkil etilib, obodonlashtirish xodimlari va xalq bilan hamnafaslikda, birdamlikda xizmat qilayotgan soha mehnatkashlariga tarqatilib boriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#birdamlik

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan mehnat qilayotgan ichchilarga issiq ovqat yetkazib berildi.

Eslatib o'tamiz, hokimlik tomonidan har kuni 2 mahaldan bepul ovqat tashkil etilib, obodonlashtirish xodimlari va xalq bilan hamnafaslikda, birdamlikda xizmat qilayotgan soha mehnatkashlariga tarqatilib borilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#birdamlik

Nurafshon shahar 2-sektor rahbari tashabbusi bilan osh tayyorlanib, sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bor fuqarolar xonadonlariga tarqatib chiqildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#birdamlik

MO‘YNOQ YOSHLARI TOSHKENT VILOYATIDA


So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni tiklash yo‘lida Prezidentimiz rahbarligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda viloyatlarni tegishli hududlarga  biriktirish amaliyoti o‘zining samarali natijalarini bermoqda.

Xususan, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Mo‘ynoq tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Hudud aholisi bilan muntazam muloqot o‘rnatilgan, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Shu maqsadda, Mo‘ynoq tumaninig bir guruh faol yoshlari Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyat yoshlari bilan o‘zaro tajriba almashdilar. Tashrif davomida yoshlar delegatsiyasi viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ilg‘or ish tajribalari bilan tanishdi.

Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanining “Do‘stlik” mahallasida faoliyat yuritayotgan qo‘ziqorin yetishtirish korxonasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Natijada mazkur tajribani Mo‘ynoq tumanida joriy etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida kelishuvga erishildi.


Tashrif doirasida Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘i hamda xotira muzeyiga sayohat uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar Chirchiq shahridagi o‘quv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyatning tabiiy go‘zalliklari va turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Bo‘stonliq tumaniga sayohat ham tashkil etildi.

Ushbu tashrif yoshlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, hududlararo tajriba almashuvini kuchaytirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM