Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#haftalik_reja_ijrosi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi haftalik ish rejaga ko‘ra Nurafshon shahar O‘zbekiston Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Nurafshon shahar bo‘limi, shahar Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida yoshlar ishtirokda 9-aprel – Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy me’rosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O'tkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi bosh mutahassisi Sh. Radjapov yoshlarga Amir Temurning tarixdagi o'rni haqida nafaqat Buyuk davlat asoschisi va Uyg'onish davri yaratuvchisi sifatida gapirib berdi.

Tadbir ishtirokchilari o'zlani qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o'zaro fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 5 aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan, “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” ko'rik-tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.

Ko'rik-tanlov Nizom bo‘yicha o‘tkazildi, unda tanlov hakamlar hay'ati ishtirokchilar faoliyati to'g'risidagi taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqdi va to'plangan ballarni hisoblash bo'yicha natijalarni e'lon qildi.

To'plangan ballar bo'yicha 1-o'rinni 4-sonli maktab targ'ibotchisi G. Egamberdiyeva, 2-o'rinni 9-sonli maktab targ'ibotchisi M. Shukurova, 3-o'rinni 57-sonli maktab targ'ibotchisi I. Maxmudov egalladilar.

G’oliblarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo’linmasi tomonida Diplom va tuplama kitoblar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 7 aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida 19-sonli umumtaʼlim maktabida, "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" deb nomlangan aksiya o'tkazildi.

O'tkazilgan aksiyaga shahar markazidan ko'chma kitob do'koni taklif etildi. Ota onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar faol qatnashdilar.

O'tkazilgan aksiyada 100 ga yakin ishtirokchilar kamrab olingan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 13-aprel kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar hokimning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorligida tuzilgan jadval asosida Nurafshon shahar “Dehqon bozori” MCHJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shahar “Dehqon bozori” MCHJda ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy muhit, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida zarur ko‘rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 19-aprel kuni shahardagi 25-sonli umumta‘lim maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan maktabning kutubxonachisi N. Isayeva hamkorligida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”, “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

O'tkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Radjapov ishtirokchilarga oiladagi urf-odatlarimiz va kattalar va bolalar o‘rtasidagi maʼnaviy aloqaning ajralmas sharti oila davrasida kitob o‘qish yekanligini aytdi. Mashhur olimlarning turli asarlarida oilaviy o‘qish anʼanasining maʼnaviy shakllanishdagi o‘rni qanchalik katta yekanligini isbotlashimiz mumkin. Oila shaxsni shakllantirishning asosi, Markaziy bo‘g‘inidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 5-may kuni Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan “Ajdodlar jasorati-mangu barhayot” mavzusida ikkinchi jahon urush ishtirokchisi Ilyasov Raxim ota xonadoniga Nurafshon shahar maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Bugun Raximota 98 yoshga kirdilar. Yoshlarimiz otaxonga sovgʻa salomlar taqdim etishdi. Yoshlarmiz otaxoni tavallud kuniga bagʻishlab sheʼrlar, sahna chiqarishlari bilan otaxoning duosini olishdi.

Raximota yoshlarga bosib oʻtgan umrlari,oʻsha urush xotiralarni yoshlarga aytib berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#haftalik_reja_ijrosi

🔰 Joriy yilning 18-may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan shahardagi 25-sonli umumta'lim maktabida “Sharq ayoli ma’rifati” tadbirlari doirasida “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz” mavzusida maktabi o‘quvchilari bilan davra suhbat tashkil etildi.

♻️ Davra suhbat davomida Тошкент viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi, Nurafshon shahar Maʼrifat targ‘ibotchilari aʼzosi Valijon Madmarov o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, madaniyatimiz, xalqimizning urf-odatlari haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida qatnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
#Haftalik ish reja ijrosi


☝️O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta'limni yuqori bosqichga olib chiqish "Barkamol avlod" bolalar maktablarining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

🇺🇿 T
obora yaqinlashib kelayotgan 1-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🖼Tadbir davomida to'garak a'zolarining mahoratlari bilan shahmat, shashka, rassomchilik bo'yicha tanlov o'tkazildi

Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi bosh mutaxassisi N. Shaumarova qatnashdi.

Mazkur ko'rgazmadan maqsad iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi

@Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik _ish_reja _ijrosi
#Ma'rifat soati


✍️
Joriy yilning 8-sentabr kuni Nurafshon shahar mudofaa bo'limida "Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga yoshlarimiz ongini buzg'unchi yod g'oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma'rifat o'rnini jaholat egallashiga yo'l qo'ymaymiz" mavzusida "Ma'rifat soati" o'tkazildi.

Unda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva va din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov so'zga chiqib, ayrim ota-onalar bola tarbiyasi xususida beparvolik qilib, farzandining axloqiy va ma'rifiy tarbiyalari bilan shug'ullanish ikkinchi darajali bo'lib qolganligi, yoshlar ilmli, ma'rifatli bo'lishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari borasida o'z fikrlarini bildirishdi.

✍️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi

https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Dunyoviy davlat — davlatning konstitutsiyaviy huquqiy tavsifi boʻlib, Dunyoviy davlat deganda, davlat bilan din oʻrtasidagi nisbat, yaʼni davlatning dinga munosabati, dindan xoli mavjud boʻlishi va rivojlanishini tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, Dunyoviy davlat hech bir dinga davlat dini, rasmiy din maqomini bermaydi, dinning siyosiylashuviga yoʻl quymaydi, Shu maʼnoda Dunyoviy davlat uchun istiqbolli munosabat shakli-davlatni dindan ajratilganligi hisoblanadi.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillaeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov hamkorligida shahardagi 13-umumta'lim maktabida bo'lib, "O'zbekiston-dunyoviy davlat" mavzusida umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida yoshlar o'rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.


https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va adolatli dunyoviy davlat qurish konsepsiyasida din – madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida so‘zsiz tan olinadi. Mamlakatda turli din vakillarining bag‘rikenglik va tinch-totuvlikda yashashlari ta’minlanadi. Tabiiyki, jamiyatda turli tuman din va madaniyatlar vakillari mavjud bo‘lgan holda, davlat boshqaruvi va siyosati albatta bir mafkuraga yoki diniy qarashga asoslana olmaydi.
RMMM shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulovlar tomonidan shaharning 26-umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "O'zbekiston-dunyoviy davlat"  tamoili asosida jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

https://t.me/Nurafshonpressa