Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Sayyor qabul

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi M.M.Peltabayeva tomonidan “Bobur MFY” aholisi uchun sayyor qabul, tibbiy korik hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli xildagi tibbiyotga oid masalalar tinglandi va ayrim muammolar joyida bartaraf etildi.
🏥Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan tibbiy ko’rikda 52 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ulardan 10 nafarida  yurak ishemik kasalligi, 8 nafarida  gipertoniya, 4 nafarida surunkali xolestestit, 5 nafarida kamqonlik aniqlanib, 2 nafariga uy shifoxonasi asosida davo muolajalari buyurildi.
🔹Shuningdek, aholining sog'lom turmush tarzini targ’ib etish va jismoniy faollik haqida ham tushuntirish, targ’ibot ishlari olib borildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
# Shukronalik

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva hamda viiloyat Kasaba uyushmasi xodimlari, shahrimizning "Chig'iriq" MFYda yashovchi, Ayollar daftarining 4- bosqichida turuvchi Venera Omarova holidan xabar oldilar. Venera Omarovaga "Ayollar daftari" jamg'armasidan 20 million so'm miqdorda tezkor tibbiy jarrohlik uchun mablag' ajratildi. 7 oy to'shakka mixlanib qolgan V.Omarovaning hozirgi kundagi holati yaxshilanib, asta yurishni ham boshladilar. Hayot sinovlarini boshidan kechirgan V.Omarova sog'liq eng asosiy boylik ekanligini aytib, hukumatimizga,  mutasaddi tashkilotlarga hayajon bilan chuqur minnaddorchiligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#mehr-saxovat

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko'mak berish va ularni qo'llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
Qurbon hayiti munosabati bilan 4 nafar ayollarga Хotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan nogironlik aravalari berildi hamda xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Utapov tashabbusiga ko'ra, 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari Nurafshon MFY raisi E.Djambilov, xotin -qizlar faoli Z.Musayevalar ishtirokida topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
QUTLOV!
Bugun Nurafshon shahаr hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi mutaxassisi, 1-sektor kotibi Zarufbek Alaberdiyevich Dosbekovning tavalludi kuni.
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan hamkasbimizni samimiy qutlaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AYOL MA'NAVIYATI- OILA VA JAMIYAT SAODATI.

Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma'naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma'naviy saviyasi belgilaydi.
Sh. Mirziyoyev.

Ayol ma'naviyati- Oila va jamiyat saodatidir. Unga faqat ijobiy sifatlar yarashadi. Ammo sha'riy va yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohlar, ajrimlar, huquqbuzarliklar, hayot sinovlari, ularga ijtimoiy yordamlar ko'rsatish, yig'ilish kun tartibida aynan shu masalalar o'rin oldi. Unda shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin- qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva, viloyat Kasaba uyushmasi mutaxasissi Sh. Axmedova, IIB xotin- qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor L. Baxtiyarova, xotin- qizlar faollari ishtirok etdilar.

Ta'kidlanganidek, nikohlanuvchilar o'rtasidagi noqonuniy munosabatlar- sha'riy nikohlarda ayolning huquqlari poymol bo'lib, salbiy oqibatlarga olib keladi.Yig'ilishda xotin- qizlar faollari faoliyatida bunday holatga e'tiborli bo'lish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.