Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.06K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Mehr_kuni

Do'st boshingga ish tushganida sinaladi!

🤝Mehr-muruvvat va o'zaro hamjixatlik xalqimizga xos azaliy insoniy fazilatlardandir.
🔆"Do'st boshingga ish tushganida sinaladi", deydi el. Taqdir yo'llarida turli sabablar bilan imkoniyati cheklanib, sinovlarda toblanayotgan hamshaharlarimiz ham borki, mahalla-ko'y kunda-kunora bu insonlarni yo'qlashni kanda qilmaydi.
💐Bu kabi hayirli ishlar 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kunida diydorga yana bir sabab bo'ladi.
Ayni kunda Nurafshon shahar hokimi boshchiligidagi faollar, jumladan sektor rahbarlari shaharda istiqomat qilayotgan nogironligi bo'lgan hamshaharlar holidan xabar olib, ularning duosini oldilar.
🛍🎁Bugun Nurafshon shahrining 100 ga yaqin xonadonlariga mehmonlar bilan birga o'zgacha fayz, mehr va iliqlik kirib bordi desak, xato bo'lmaydi.
🤲Diydorlashuv jarayonlarida yig'ilganlar yurtga tinchlik, to'kin-sochinlik tilab, shukronalik keltiridilar.

@Nurafshon_yoshlari
#mehr-saxovat

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko'mak berish va ularni qo'llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
Qurbon hayiti munosabati bilan 4 nafar ayollarga Хotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan nogironlik aravalari berildi hamda xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Utapov tashabbusiga ko'ra, 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari Nurafshon MFY raisi E.Djambilov, xotin -qizlar faoli Z.Musayevalar ishtirokida topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#mehr_ulash
#Xayriya_aksiyasi

"Yurakdan yurakka" – minglab qalblarni birlashtirgan aksiya

3-5-dekabr kunlari Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan “Yurakdan yurakka” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Aksiya doirasida imkoniyati cheklangan bolajonlar, maxsus internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etilgan.

Xayriya mablag‘lari qatnashchilar salomatligini tiklashga yo‘naltiriladi.

Ushbu aksiyada Nurafshon shahridagi korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etib, kimdir uyi uchun qo‘l mehnati bilan tayyorlangan bezaklar, kimdir ular tomonidan chizilgan rasmlar va yana kimdir farzandlari uchun o‘yinchoqlar xarid qildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1