Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🏗 Shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan To‘y tepa va Muqimiy mahallalarida eski tayanch ustunlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirilmoqda.

⚡️ Ushbu ishlar elektr energiyasining barqarorligi va aholiga uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

#Nurafshon #ElektrTa’minoti #InfraTaraqqiyot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Францияга давлат ташрифи доирасида БМТнинг Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича ташкилоти (ЮНЕСКО) бош директори Одри Азулени қабул қилди.

В рамках программы государственного визита во Францию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) Одри Азуле.

#Mirziyoyev #qabul #YUNESKO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

⛔️ Muborak Ramazon oyida tarovih namozlari o‘qilishi munosabati bilan yo‘l-transport harakatini tartibga solish hamda turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahrining

📍Birlik
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Said ibn Vaqqos” jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasi;

📍 Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “To‘y-tepa” jome masjidiga olib boruvchi To‘y-tepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha 1 km masofa uzoqlikda har kuni soat 20:00 dan 23:00 ga qadar avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4