Nurafshon shahar hokimligi
2.06K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Nurafshonda obodonlashtirish va ko'chat ekish ishlari davom etmoqda!

Bugun Nurafshon Business City hududida Nurafshon shahar hokimligi hodimlari, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlari ishtirokida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.

"Yashil makon" loyihasi doirasida hududda daraxt va ko‘chatlar ekilib, shahar yanada ko‘rkamlashmoqda.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrof-muhitni asrash, toza havo va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Barchani tabiatni asrashga va o‘z hududida ko‘chat ekishga chorlaymiz!

#Nurafshon #YashilMakon #Hashar #TabiatniAsraylik #Ko‘chatEking #ObodShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" loyihasi doirasida hashar davom etmoqda

Bugun Nurafshon Business City hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hasharda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov shaxsan ishtirok etib, ekilgan ko‘chatlar sifati va ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlar bilan birgalikda olib borilayotgan bu ezgu tashabbus atrof-muhitni yaxshilash, shaharning yanada obod va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ko‘chat ekish – kelajak avlodga toza havo va yashil tabiat qoldirish demakdir. Barchani ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz!

#YashilMakon #Hashar #Ekologiya #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugun erta tongdan "Nurafshon Business City" hududida shahardagi korxona va tashkilotlar, mahalla raislari hamda yoshlar faol ishtirok etib, qarag‘ay va dub daraxtlari ko‘chatlarini ekishdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov ushbu jarayon bilan tanishib, shaharda yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

"Yashil makon vijdonimiz bo‘lishi kerak", – deb ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari. Ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilgan har bir fuqaro shahar obodonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

#YashilMakon #Nurafshon #Ko‘chatEkilmoqda #TabiatniAsraylik #Ekotashabbus

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahrimizda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari faol olib borilmoqda.

Xususan, markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari taglari yumshatilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida "Yashil kelajak bog‘i" atroflariga oshqovoq urug‘lari ekilib, shahar yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi uchun amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #YashilKelajak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" loyihasi doirasida tomchilatib sug‘orish joriy etildi!

"Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini suv bilan ta’minlash uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanmoqda. Bu usul suvni tejashga yordam berib, ko‘chatlarning yaxshi o‘sishini ta’minlaydi.

#YashilMakon #TomchilatibSug‘orish #Ekologiya #Ko‘chatlar #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bobur ko‘chasida yashil makon kengaymoqda!

Yashil makon loyihasi doirasida Bobur ko‘chasi bo‘ylab siren daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bu ishlar shaharimizni yanada obod va ekologik toza qilishga xizmat qiladi.

#YashilMakon #BoburKo‘chasi #Ko‘kalamzorlashtirish #Ekologiya #SirenDaraxti #YashilKelajak #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

🌿 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Hududlarda ekilgan ko‘chatlar holati, yashil maydonlar holati va olib borilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

#YashilMakon #NurafshonYangilanishi #TabiatgaEhtiyotkorlik #ObodonNurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzum yo‘lagi — yoshlardan tabiatga tuhfa!

Qumariq mahallasidagi “Mahalla yoshlari va ma’naviyat bog‘i”da uzum ko‘chatlari ekilib, yangi yo‘lak barpo etildi.

“Yashil makon” aksiyasi doirasida amalga oshirilgan bu ezgu ishda yoshlar faolligi alohida ko‘zga tashlandi.

#NurafshonShahri #MahallaYoshlariVaMaNaviyatBogi #YashilMakon #UzumYo‘lagi #QumariqMahallasi #FaolYoshlar #ObodKelajak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Yashil makon” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi 🌿

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida shaharda “Yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni jarayonda hududlarda amalga oshirilayotgan ko‘chat ekish, yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.

🚶‍♂️Shuningdek, Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va shahar arxitekturaviy ko‘rinishini yaxshilash maqsadida, ko‘chaning umumiy holati o‘rganilib, tashqi ko‘rinishni buzuvchi noqonuniy qurilmalar, reklama bannerlari va boshqa obyektlar bartaraf etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

📌 Uchrashuv davomida tegishli tashkilot rahbarlari va savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga mavjud muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar yuklatildi.

#YashilMakon #ToshkentYoʻli #SektorIshlari
#Koʻkalamzorlashtirish #ObodonShahar

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shahar ko‘rkiga e’tibor – obodlik garovi

🌳 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Bobur ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.

🧱 Tashrif davomida “Yashil makon” loyihasi, shahar arxitekturaviy qiyofasini saqlash, ko‘chani obodonlashtirish va shahar ko‘rinishini buzuvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, noqonuniy qurilishlar, chiqindilar va reklama vositalarini joylashtirmaslik haqida ogohlantirildi.

🔹 Bunday nazorat ishlari shahar obodligi, tozaligi va zamonaviy ko‘rinishini saqlab qolishga xizmat qiladi.

#NurafshonShahri #Obodonlashtirish #YashilMakon #ArxitekturaNazorat #TadbirkorlikMadaniyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yashil makon doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda.

Shaharimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi yo‘lida ishlar davom etmoqda.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #Atirgul #Ekologiya #YashilHudud #ToshkentYo‘li #Gul

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" doirasida shaharda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

"Yashil makon" loyihasi doirasida Bobur va Dehqonobod ko‘chalari bo‘ylab manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Maqsad — shaharni obodonlashtirish va ekologiyani yaxshilash.

#YashilMakon #Ko‘chatEkilmoqda #ObodShahar #Ekotashabbus #TabiatgaEhtirom

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt