Nurafshon shahar hokimligi
2.08K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
HURMATLI MAHALLA XODIMLARI!

Sizlarni 22-mart – O‘zbekistonda Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Nurafshon shahri hokimligi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Mahalla – insonlarning birligi, mehr-oqibat va birdamlik maskani. U jamiyat taraqqiyotida, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli mahallalarimiz obod va farovon bo‘lib bormoqda.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" loyihasi doirasida hashar davom etmoqda

Bugun Nurafshon Business City hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hasharda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov shaxsan ishtirok etib, ekilgan ko‘chatlar sifati va ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlar bilan birgalikda olib borilayotgan bu ezgu tashabbus atrof-muhitni yaxshilash, shaharning yanada obod va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ko‘chat ekish – kelajak avlodga toza havo va yashil tabiat qoldirish demakdir. Barchani ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz!

#YashilMakon #Hashar #Ekologiya #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Yashil_makon 🌿
#Nurafshon_shahri
#Obod_shahar
#Ko‘chat_ekish
#Tabiatni_asraylik

🌱 Nurafshonda "Yashil makon" loyihasi davom etmoqda 🌱

Nurafshon shahrining Business City hududida shahar hokimi boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, shahar hokimligi xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari, ishchi xodimlar hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ishtirokida "Yashil makon" loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🌿 Ko‘chat ekish uchun yerlar yumshatilib, tayyorlandi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan.

🌍 Tabiatni asrash – kelajak avlodga toza va yashil muhit qoldirish demakdir! 💚

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt