Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Taraqqiyot va Nurafshon mahallalarida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Taraqqiyot va Nurafshon mahallalarida Navro‘z bayrami katta tantana bilan o‘tkazildi. Mahalla ahli va mehmonlar uchun milliy urf-odatlarga mos tarzda ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbirlari tashkil etildi.

Bayram dasturi doirasida mahalla oqsoqollari va nuroniylar Navro‘zning ahamiyati haqida so‘z yuritib, el-yurtga tinchlik va farovonlik tilashdi. Shuningdek, sport musobaqalari, milliy o‘yinlar va qo‘g‘irchoq teatrlari bolajonlarga quvonch ulashdi.

Tadbir davomida osh damlanib, mahalla ahliga tortildi. Sumalak pishirilib, unga baraka va qut tilab duo qilindi. Bayramga yig‘ilganlar bir-birini tabriklab, mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlik ruhida bayramni nishonlashdi.

Kecha davomida kuy-qo‘shiqlar yangrab, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir yakunida mehmonlar va mahalla ahli Navro‘zning yangilanish, ezgulik va farovonlik ramzi ekanini yana bir bor his qildilar.
👍2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔔 Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli nurafshonliklar!

🎉Sizlarni yangilanish fasli – Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

💫Mana shu nurli kunlarda barchangizning xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

🌺Bu yilgi Navro‘z bayrami ham shahrimizning har bir mahallasida ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda o‘tmoqda. Ko‘chalarimizga o‘tqazilgan nihollar, obod mahallalarimiz, hamjihatlikda o‘tkazilgan hasharlar esa shahrimiz go‘zalligiga go‘zallik qo‘shmoqda.

😊Nurafshon shahrining yanada obod bo‘lishi, hamshaharlarimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan barcha ezgu ishlarimiz, keksalarimiz va yordamga muhtoj insonlarga ko‘rsatayotgan e’tiborimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda. Bu ham oqibat va ahillik ramzi, aslida.

🥰Barchangizni yana bir bor bayram bilan qutlar ekanman, sizlarga oilaviy baxt, ishlaringizda rivoj tilayman! Xonadonlaringizda to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube
👏3👍1
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz
#Bayram_tabrigi

🟢Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Navro‘z umumxalq bayrami munsabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Bizning ijtimoiy sahifalar:
👇

📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱Youtube
👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent viloyatining ma'muriy markazi - Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan asosiy bayram kontsert dasturi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Nurafshonda obodonlashtirish va ko'chat ekish ishlari davom etmoqda!

Bugun Nurafshon Business City hududida Nurafshon shahar hokimligi hodimlari, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlari ishtirokida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.

"Yashil makon" loyihasi doirasida hududda daraxt va ko‘chatlar ekilib, shahar yanada ko‘rkamlashmoqda.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrof-muhitni asrash, toza havo va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Barchani tabiatni asrashga va o‘z hududida ko‘chat ekishga chorlaymiz!

#Nurafshon #YashilMakon #Hashar #TabiatniAsraylik #Ko‘chatEking #ObodShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍31