Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Gaz va Elektr energiyasi hisobingizni to‘ldirib oling, eski tariflar 2 oyga amal qiladi.

Uch kun ichida gaz va elektr energiyasi tariflari keskin oshadi. Ijtimoiy norma va undan ortiq ilk tijoriy shkalada tariflar gaz bo‘yicha 650/1500 so‘mdan 1000/1800 so‘mgacha, elektr energiyasi bo‘yicha esa 450/900 so‘mdan 600/1000 so‘mgacha qimmatlashadi.


Lekin agar sizda gaz va svet hisobingizda 2 oylik iste’molga yetarli mablag‘ bo‘lsa yoki 1-aprelga qadar hisobingizni to‘ldirib olsangiz, kamida 2 oy (1-iyungacha) eski tariflar bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi.

Chunki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko'ra, tariflar o‘zgargan taqdirda tabiiy gaz hajmi va elektr energiyasi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

📍 Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Yig‘ilishda 2025-yil yanvar-fevral oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi tahlil qilindi. Muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

#Kambag‘allikniQisqartirish #IshO‘rinlari #FarovonHayot #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi 🎉

📍 Bugun Nurafshon shahrida 120 o‘rinli yangi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ravishda ochildi.

🔹 Ochilish marosimida Toshkent viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Tojiboyev, Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari J. Axmedqulov, shahar mas’ullari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🏫 Qumariq MFY hududida joylashgan ushbu muassasa avval ancha eski bo‘lib, foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. 2024-yil Investitsiya dasturining PQ-404-sonli qarori asosida 4,680 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari "Universal Biznes Invest 777" MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

👧👦 Yangi muassasa zamonaviy va keng shinam xonalarga ega bo‘lib, bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

#Nurafshon #MaktabgachaTa’lim #YangiBog‘cha #FarzandlarKelajagi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1