Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

📍 Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Yig‘ilishda 2025-yil yanvar-fevral oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi tahlil qilindi. Muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

#Kambag‘allikniQisqartirish #IshO‘rinlari #FarovonHayot #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#FarovonHayot

💡 Ko‘chalarimiz yanada yorug‘ bo‘ladi!

Shahar obodonchiligi va elektr tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan ko‘chalardagi tungi yoritgichlar ta’mirlanmoqda va yangilariga almashtirilmoqda.

Mazkur ishlar aholi uchun qulay, xavfsiz va yorug‘ kechalarni ta’minlash maqsadida muntazam davom ettirilmoqda. 🌙

⚙️ Mutaxassislarimiz tomonidan elektr tarmoqlari sinchiklab tekshirib chiqilib, mavjud nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Yorug‘ va xavfsiz ko‘chalar — tinch va farovon hayotimiz garovidir!

https://t.me/Nurafshonpressa
1