Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Iste’molchilar diqqatiga

Joriy yil 1-aprel sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy meʼyor 100 kub metrga tushiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi va odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi munosabati bilan Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgandi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎3👍2
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahrimizda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari faol olib borilmoqda.

Xususan, markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari taglari yumshatilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida "Yashil kelajak bog‘i" atroflariga oshqovoq urug‘lari ekilib, shahar yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi uchun amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #YashilKelajak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mintaqamizni do‘stlik, ahillik va yaxshi qo‘shnichilik makoniga aylantirish yo‘lidagi tarixiy qadam.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi mablag' va yer ajratish bilan bog'liq bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi.

Jumladan,

Toshkent, Chinoz, Oqqo'rg'on va Ohangaron tumanida bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi;

Nurafshon shahri, "Navro'z" MFY hududidan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan davlat zaxirasidagi 0,06 gektar yer maydoni viloyat Transport boshqarmasiga ma'muriy bino va inshootlar qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

Piskent tumani hududidan fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlariga bir nechta mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy bino va inshootlari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratildi;

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ("Green University")ga 18,47 gektar yer maydoni "Dentrologiya bog'i" uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

viloyat hududidagi ichki yo'llarni ta'mirlash uchun 1 milliard 711 million 100 ming so'm miqdorda mablag' ajratildi;

viloyat hududidagi ayrim tibbiyot muassasalarida qurilish, ta'mirlash ishlarini yakunlash, foydalanishga topshirish xarajatlari uchun 4 milliard 401 million 700 ming so'm pul mablag'i ajratildi;

mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida huquq-tartibot maskanlari tashkil etish hamda shu doiradagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 3 milliard 893 million so'm mablag' ajratildi;

viloyat hokimligi xodimlarining ish faoliyatiga qulay sharoit yaratish, internet xizmatlari, texnik xizmat ko'rsatish kabi maqsadlar uchun 479 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi;

Chirchiq shahar hamda Zangiota tumani hududidagi ayrim yaroqsiz holatdagi obyektlar buziladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ўзбекистон - жаҳон парламентаризмининг маркази

✔️2025 йилнинг 5-9 апрель кунлари Парламентлараро Иттиффоқнинг энг йирик халқаро тадбири – 150-юбилей Ассамблеяси Марказий Осиё давлатлари тарихида илк бора юртимизда ўтказилмоқда.

✔️ Дунёнинг 140 га яқин мамлакатларининг 105 парламенти етакчилари ва 2000 дан зиёд паламент вакиллари ҳамда 50 та халқаро ташкилотдан 110 нафар делегация аъзолари ушбу халқаро анжуман доирасидаги тадбирларда иштирок этиши кутилмоқда.

✔️Ижтимоий тараққиёт ва адолат учун парламент ҳаракати” мавзусида ўтказиладиган Ассамблеянинг туркум йиғилишларида бутун дунё парламент делегациялари томонидан кўплаб долзарб масалар муҳокама қилинади. Форум якунида иштирокчи мамлакатларнинг халқаро ҳамкорликнинг асосий масалалари бўйича якдил позициясини акс эттирувчи дастурий ҳужжат – Тошкент декларацияси қабул қилиниши назарда тутилмоқда.

📌Парламентлараро иттифоқ (ингл. Inter-Parliamentary Union, IPU) – халқаро парламент ташкилоти бўлиб, парламентлараро мулоқотнинг энг йирик платформаси ҳисобланади. 1889-йилда ташкил этилган, ҳозирда 181 мамлакат парламентларини бирлаштиради.


✔️ Парламентлараро Иттифоқнинг Ўзбекистондаги 150-Ассамблеяси нафақат аъзо мамлакатлар, балки бутун халқаро парламент дипломатияси тизими учун алоҳида аҳамиятга эга. Замонавий таҳдидлар шароитида, давлатлар ўртасидаги ҳамкорлик зарурати долзарб бўлиб бораётган бир пайтда, бундай платформалар мулоқотни йўлга қўйиш, ишончни мустаҳкамлаш ва глобал муаммоларни ҳал қилиш йўлларини биргаликда излаш имконини беради.

✔️ Ушбу тадбирнинг Ўзбекистонда ўтказилиши унинг глобал сиёсатдаги фаол ролини ва халқаро алоқаларни мустаҳкамлашга интилишини яна бир бор тасдиқлайди. Мамлакатимизнинг конструктив мулоқотни илгари суриш ва дипломатик ташаббусларни ривожлантириш борасидаги саъй-ҳаракатлари эътироф этилганидан далолат беради.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
👍2
⚡️Yashil makon loyihasi: Tabiatga qadam boshlash!

Nurafshon shahar prokuror yordamchisi Elyor Abdualiyev boshchiligidagi "Oppoq", "Yuksalish", "Taraqqiyot" va "Chig‘iriq" maxalla yettiligiga "Yashil makon" loyihasini amalga oshirishda topshiriqlar berildi.

Loyiha doirasida, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi, har bir joyda yangi hayot, yangidan yaratilgan tabiat xazinasi paydo bo‘ladi.

Ushbu loyiha, nafaqat shahar manzarasini chiroyli va qulay qilish, balki aholining turmush darajasini yaxshilash va ekologik toza muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bunday tashabbuslar xalqni tabiatga muhabbat bilan munosabatda bo‘lishga, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan qarashga o‘rgatadi.

Yashil makon – bu hamma uchun! Tabiatni himoya qilaylik!

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍1
"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси.

"Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде.

"We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yoritish tizimi yangilandi!

Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududida joylashgan Yangiobod ko‘chasi 10-talikka tutash ko‘pqavatli uylar atrofi yoritish tizimi bilan ta’minlandi.

Ushbu hududda joylashgan 10 ta tungi yoritish chiroqlari eskirganligi sababli, fuqarolar tomonidan Boshqaruv Servis Kompaniyasi (BSK) hisob raqamiga amalga oshirilgan majburiy badal to‘lovlari hisobidan yangilariga almashtirildi.

Yangi yoritish tizimi hudud xavfsizligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

#Nurafshon #YoritishTizimi #Obodonlashtirish #BSKfaoliyatidan

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3