Nurafshon shahar hokimligi
2.06K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Aziz yurtdoshlar!

🔍 2025-yilning may-iyul oylarida mamlakatimizda fuqarolar yigʻini raisi saylovlari o'tkaziladi.

🔍 Saylovda siz ham faol ishtirok eting!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan “KING HOUSE 002” MCHJ qurilish maydonida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Targ‘ibot jarayonida qurilishda band bo‘lgan ishchilarga mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi. Shu bilan birga, hodisa yuz berganda tezkor chora ko‘rish tartiblari ham amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.

Bunday tadbirlar qurilish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash, inson salomatligini asrash va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Nurafshon #FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #QurilishdaXavfsizlik
Shahar hokimi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida “Yashil makon” doirasida ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekish, ularni parvarish qilish va tokzorlar barpo etish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, shahar ko‘rkini oshirishga qaratilgan tashabbuslarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


⏺️Piskent tumani. Kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

⏺️Yangiyo‘l shahri. "Baxt" mahallasi hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida shahar hokimi boshchiligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

⏺️Chinoz tumani. 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazilib, yoshlar bilan muloqot qilindi.

⏺️O‘rta Chirchiq tumani. Tuman ma’muriy markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, ular tomonidan bildirilgan taklif va masalalar tinglandi.

⏺️Bo'ka tumani. Tuman hokimi boshchiligida tanqidiy va tahliliy ruhda "Hokimlik soati" yigʻilishi o'tkazildi.

⏺️Nurafshon shahri. Amfiteatr majmuasida tegishli mutasaddilar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

⏺️Bekobod shahri. Mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

⏺️Angren shahri. Mahallalar kesimida xotin-qizlar kasb-hunarga bepul tarzda o‘qitilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer osti piyodalar yo‘laklari loyihalari ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov tegishli mas’ullar ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab qurilishi rejalashtirilgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi loyihalari bilan tanishdi.

Ko‘rib chiqilgan loyihalar Qumariq, Uchqun, To‘ytepa, Oybek, Obod va Yangiobod mahallalari kesimidan o‘tuvchi hududlarni qamrab oladi.

Mazkur loyihalar aholi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar va nuroniylar uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar harakatini qulay va xavfsiz qilishga qaratilgan.

Shuningdek, hokim tomonidan loyiha-smeta hujjatlari, qurilish chizmalari va ish boshlanishi uchun zarur choralar muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt