Nurafshon shahar hokimligi
2.1K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan “KING HOUSE 002” MCHJ qurilish maydonida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Targ‘ibot jarayonida qurilishda band bo‘lgan ishchilarga mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi. Shu bilan birga, hodisa yuz berganda tezkor chora ko‘rish tartiblari ham amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.

Bunday tadbirlar qurilish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash, inson salomatligini asrash va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Nurafshon #FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #QurilishdaXavfsizlik