Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar shaharning ekologiyasini yaxshilash va go‘zalligini oshirishga xizmat qiladi.

⚠️ Ogohlantirish: Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan ilgari ekilgan ko‘chatlarning shikastlanishi yoki olib ketilishi holatlari kuzatilmoqda. Bunday harakatlar videokuzatuv orqali aniqlanmoqda va qonuniy choralar ko‘riladi.

📢 Hurmatli aholi va mehmonlar! Nurafshon – barchamizniki. Uning go‘zalligini saqlash har birimizning burchimiz! 🌿

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakonda #TabiatniAsraylik #JamiyatMas’uliyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va qadrli mehmonlar!

Shahrimiz — viloyat markazi, ko‘plab nufuzli mehmonlar tashrif buyuradigan, ko‘zga ko‘rinarli darajada rivojlanib borayotgan maskan. Nurafshonni yanada chiroyli, ozoda va fayzli qilish maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab va boshqa markaziy hududlarda atirgul, lola va boshqa bezakli gullar ko‘chatlari ekilmoqda. Bu ezgu tashabbuslar yurtdoshlarimiz uchun quvonch, mehmonlarimiz uchun esa iliq taassurot uyg‘otadi.

Afsuski, ayrim fuqarolarimiz tomonidan ko‘chatlarning noqonuniy tarzda yulib olinishi, ularni o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holatlar videokuzatuv kameralariga tushirib borilmoqda va qonuniy tartibda javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, barchangizga murojaat qilamiz:
Shahar — bu hammamizniki.
Nurafshon — bizning umumiy uymiz.
Uyimizning chiroyi va ozodaligi esa hammamizga birdek mas’uliyat yuklaydi.

Sizlardan iltimos qilamiz — shaharimiz obodligi yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlarga befarq bo‘lmang. O‘z shahrimizni asraylik, mehnatkash xodimlarimizning halol mehnatini qadrlaylik. Obodonlashtirish ishlari davom etadi — bu ishda fuqarolik burchimizni unutmaylik!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Salomatlik

♦️Shaxsiy gigiyena – gigiyenaning bir bo‘limi, shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo‘lgan gigiyenik tartib yo‘li bilan odam sog‘ligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi.

🏥Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari boshchiligida Yaponiyaning EYO dasturi asosida "Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish" mavzusida shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda shahridagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "To‘g‘ri ovqatlanish"," Toza qo‘llar" kabi mavzularda amaliy  mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔹O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda bolajonlarga  "To‘g‘ri ovqatlanish" mavzulariga oid ko‘rgazmali materiallar tarqatildi hamda qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla raisi saylovi-2025

Mahallamiz, jamiyatimiz hayotiga daxldor bo'ling, saylovda faol ishtirok eting!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Nurafshonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida tadbirkorlikdagi muammo va takliflarni tinglash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda yer ajratish, kredit, kommunal xizmatlar kabi masalalar muhokama qilindi. Ayrim murojaatlarga joyida yechim topildi, boshqalari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Nurafshon #Tadbirkorlik #OchiqMuloqot #YechimVaTaraqqiyot #HamkorlikRuhida

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Haj va Umra firibgarligidan ogoh bo‘ling!

Nurafshon shahri bosh imom-xatibi Abdurashid Rustamovich tomonidan shahar aholisi va mehmonlariga murojaat:

So‘nggi paytlarda Haj va Umra safariga borishni istagan fuqarolarimiz orasida ayrim yolg‘on va rasmiy bo‘lmagan takliflar orqali pul undirayotgan firibgarlar aniqlanmoqda.

📌 Shuni unutmang:
Haj va Umra faqat ruxsat etilgan, litsenziyaga ega tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Barcha to‘lovlar rasmiy hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi.
Har bir ziyoratchining ma’lumotlari maxsus elektron tizimda ro‘yxatga olinadi.

❗️ Firibgarlik qurboni bo‘lmang!
📞 Shubhali holatga duch kelsangiz, mutasaddi idoralarga murojaat qiling.

#Haj #Umra #FiribgarlikkaYo‘q #NurafshonShahri #BoshImomXatib #ZiyoratFaqatRasmiyOrqali #OgohBo‘ling #EhtiyotBo‘ling #IslomZiyorati #Adolat #Halollik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#📢 Bildirishnoma

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!


Endi fuqarolarning murojaatlarini yanada tez va qulay tarzda qabul qilish maqsadida Nurafshon shahar hokimligi tomonidan murojaatlar uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi.

📨 Sizni qiynayotgan muammo, taklif yoki murojaatingizni quyidagi manzil orqali yuborishingiz mumkin:
👉 @nurafshonmurojaat2024bot

📞 Shuningdek, +998 55 902 74 41 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ham murojaat yo‘llashingiz mumkin.

🛠 Sizning murojaatingiz tegishli mas’ullarga yetkaziladi va qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib, ijrosi ta’minlanadi.

Nurafshon – barchamizning shahrimiz. Uni birga obod qilaylik!

#NurafshonShahri #MurojaatBot #HokimlikAxboroti #MurojaatingizMuhim #SifatliXizmat #OchiqMuloqot #FuqarogaQulaylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#5Tashabbus_Voleybol
#IIB_kubogi

🖐 Tashabbus olimpiadasi doirasida sportning
«Voleybol» turi bo'yicha mahallalardan g‘olib chiqqan jamoalar bugun Toshkent viloyati Nurafshon shahar “IIB kubogi”da yutish maqsadida kelgan yoshlar sektor bosqichida o‘z kuchlarini sinashdi.
🏐
Musobaqalar o'z navbatida sog'lom bahs-munozaralarga boy, ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Yutgan jamoalar shahar bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt