Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida fuqarolar yig‘ini raislari saylovi boshlandi

📆 Ertaga 03.05.2025yil. soat 16:00da Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida (Birlik MFY Toshkent yo'li ko‘chasi 74-uy ) “Birlik” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.

👉Ushbu jarayon mahalla hayotida faol ishtirok etish, o‘z hududi uchun masʼul rahbarni tanlash imkonini beradi.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va taraqqiyotini belgilovchi yetakchi shaxsdir. Shu sababli, “Birlik” mahallasi aholisini saylovda faol qatnashishga chaqiramiz.


👍 Barchangizni faollik va masʼuliyat bilan saylovda ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

#Nurafshon #Saylov2025 #MahallaRaisi #FuqarolikBurchi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Obodonlashtirish boshqarmasiga yangi texnikalar ajratildi

Bugun Nurafshon shahrida viloyatimiz shahar va tumanlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratilgan yangi texnikalar topshirildi.

Yangi texnikalar shahar joylarida sug‘orish va suv purkashga ixtisoslashgan bo‘lib, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni parvarishlashda foydalaniladi.

Bu turdagi texnikalarning avvalgilaridan farqi qulay va ixchamligi bo‘lib, ikki tonnadan ziyon hajmdagi suvni sig‘diradi. Yo‘laklar, tor ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atroflarida erkin manevr qila oladi, boshqarishga qulay va turli noqulay sharoitlarga ham ishlashga moslashtirish ham mumkin.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yangi transformatorlar ishga tushirildi

"Obod turmush" va "Navro‘z" mahallalarida elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan yangi transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Natijada aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy uchrashuv: muammo va yechimlar bir joyda

Yoshlik mahallasi binosida Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida o'ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Har bir yoshning sharoiti o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Natijada 4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi, ayrimlari kasb-hunar o‘quv markazlariga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥2
Nurafshon shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktablarida sportning shashka, voleybol, yengil atletika, armresling, stol tennisi, quvnoq startlar va stritbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

https://t.me/toshvil_sport