Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida bitiruvchi o‘quvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

Bugun, 20-iyun kuni, shahrimizdagi "Tong" madaniyat saroyida 2024/2025 o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli bitiruvchi o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shahar bo‘yicha joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 576 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, shulardan 16 nafar o‘quvchi oltin medal, 7 nafar o‘quvchi esa kumush medalga munosib, deb topildi. Shuningdek, bir qator o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga muddatidan avval o‘qishga qabul qilindi.

Tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov, ishtirok etib, bitiruvchilarni tantanali ravishda tabrikladilar.

Tadbir davomida o‘qishda yuqori natijalarga erishgan, faol va namuna bo‘lgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Madaniyat bo‘limi tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijrosi yig‘ilganlarga bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍7👏1
#hamkorlik
#Yuksalishharakati
#UNICEF
#UNDP

Avval xabar berganimizdek
, Nurafshon shahri BMTning qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” loyihasida ishtirok etmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 20-iyun kuni Nurafshon shahrida mazkur dastur doirasida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent viloyati bo‘linmasi vakillari, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutasaddilari, shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍51