Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Nurafshonda nuroniylar uchun yangi maskan qurilmoqda

Nurafshon shahrida yoshi ulug‘ avlod vakillariga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. PҚ–167-sonli qaror asosida, Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi va shahar hokimligi ko‘magida “Nuroniylar maskani” qurilishi boshlangan.

Ushbu zamonaviy uch qavatli bino “Toshkent yo‘li” ko‘chasida qad rostlamoqda. Qurilishda zamonaviy texnologiyalar va me’morchilik yechimlaridan keng foydalanilmoqda. Bu maskan faxriylarimizning tinch va farovon hayoti uchun xizmat qiladi.

Shahar nuroniylari, jumladan, hojilar tashabbusi bilan quruvchilarga minnatdorchilik ifodasi sifatida dasturxon yozilib, osh tortildi. Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tdi.

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ham mazkur tadbirda ishtirok etib, bu kabi loyihalar faxriylarimizga bo‘lgan hurmat va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi ekanini ta’kidladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt