Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Diqqat


Tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.


💎 08-iyul kuni soat 15:00 da Nurafshon Shahar hokimligi, Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i va Savdo-sanoat palatasi boshlig‘i boshchiligida tadbirkor va ishbilarmonlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Shahrimizdagi Toshkent viloyati Yoshlar Markazida bo‘lib o‘tadigan qabulda tadbirkor hamda ishbilarmonlar o‘z loyihalarini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolari, shuningdek takliflari yuzasidan murojaat qilishi mumkin.
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni
4-kun


🇺🇿 “Ma’rifat va saxovat” karvoni navbatdagi ezgu yo‘lini davom ettirar ekan, bu gal Nurafshon shahrining Yuksalish, Oybek, Muqumiy, Yoshlik va Dehqonobod mahallalarida yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.

🤝 Karvon a’zolari ushbu xonadonlarga tashrif buyurib, ularning muammolariga befarq bo‘lmaganliklarini amalda ko‘rsatishdi. Zaruriy yordamlar taqdim etildi va chinakam insoniy mehr ulashildi.

🎁 Ko‘rsatilgan yordamlar qatoriga birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, dori-darmonlar, gigiyena vositalari, o‘quvchilar uchun maktab anjomlari, sifatli choyshab va sochiqlar, shuningdek, o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari jamlangan kitoblar kiritildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👏1