Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda to‘planib qolgan muammolar haqida “Murojaat qilgan xalq mitingchi yoki agitator emas!” sarlavhali tanqidiy videomurojaat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2025-yil 19-avgust kuni "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Begzod Servis 777” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqarolar tomonidan muammolar ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib, murojaat qilindi.

Ushbu murojaat yuzasidan ijtimoiy tarmoq faollari hamda murojaatchi fuqarolar Nurafshon shahri hokimligiga taklif etilib, ularning murojaatlari shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov, Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mas’ullari va boshqaruv servis kompaniyasi vakillari ishtirokida tinglandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar asossiz emasligi aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shunga muvofiq, “Begzod Servis 777” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Taraqqiyot mahallasidagi 25 ta ko‘p qavatli uylar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24-, 25-, 26-, 27-, 10- va 4-uylarning kirish yo‘laklari hamda yerto‘la qismlari to‘liq dezinfeksiya qilindi;

25 ta uy atrofida tozalash ishlari bajarilib, daraxtlar oqlandi;

4-, 5-, 24- va 15-uylarning daraxtlari maxsus texnika yordamida butaldi;

4-uy kirish yo‘lagiga 6 dona framuga rom o‘rnatilib, 90 m² tom qismi ta’mirlandi;

10-uyning 2 ta kirish yo‘lagi mukammal ta’mirlanib, fasad qismining 450 m² maydoni joriy ta’mirlandi;

13-uyning 1 ta kirish yo‘lagi ta’mirlanib, bolalar maydonchasi yangilandi.

Umumiy hisobda 25 ta ko‘p qavatli uylarning tutash hududlari obodonlashtirildi.

Shuningdek, Taraqqiyot mahallasida ko‘p qavatli uylar uchun qozonxona va issiqlik tarmoqlari qurilish ishlari yakunlanmaganligi ham fuqarolar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur tanqid yuzasidan shuni bildiramizki, Taraqqiyot mahallasida zamonaviy quvurlarining montaj ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, kovlangan trassalar ko‘milishi kerak. Biroq Belorussiyadan kelishi rejalashtirilgan qurilish materiallarining 15 foizi — kichik diametrli PPU quvurlar va fitinglar (otvod, zigzag, konechniy element va boshqalar) hali yetib kelmaganligi sababli montaj ishlari vaqtincha to‘xtab qolgan.

Obyektga katta diametrli zamonaviy quvurlar yetkazilgan, biroq ularga mos fitinglar va boshqa mayda jihozlar kechikayotgani bois trassalarni ko‘mish ishlari cho‘zilmoqda.

Vaziyat bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Nurafshon shahri hokimligi barcha murojaatlar e’tiborsiz qolmasligini ta’kidlab, ularni bartaraf etish yuzasidan jamoatchilik bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom ettirilishini ma’lum qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurga to‘lgan Nurafshon!

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan shahrimiz ko‘chalari bayram chiroqlari bilan yanada nurga burkandi.

Nurafshon kechalari esa alohida bir ruhiyat bag‘ishlab, xalqimizning quvonch va iftixorini yorqin aks ettirmoqda. 🇺🇿

#Nurafshon #Mustaqillik34

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍62🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#NurafshonTV
#fursat

📍NURAFSHON SHAHRI


VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!


26.08.2025


Telegram |Facebook | Instagram |You tube |
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 34 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 13 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 29 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 52 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 250 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 43 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 141 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 191 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 88 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 4 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2
🔴 Меҳнат дафтарчасини рақамлаштириш бўйича айрим саволларга жавоблар

Мен ҳозирда ҳеч қаерда ишламайман. Рақамлаштириш учун қаерга мурожаат қилишим керак?

Агар меҳнат фаолиятини юритмаётган (ишсиз) бўлсангиз меҳнат дафтарчангиз билан Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимларига мурожаат қилинг.

Ҳозирда корхонада ишлайман. Рақамлаштириш учун қаерга мурожаат қилишим керак?

Агар сиз ишлаётган бўлсангиз иш жойингиздаги кадрлар бўлимига мурожаат қилишингиз ва барча маълумотларингизни “Ягона меҳнат миллий тизими” идоралараро дастурий-аппарат комплексига киритишни талаб қилишингиз мумкин.

Рақамлаштириш хизмати учун пул тўлашим керакми?

Меҳнат дафтарчангиздаги маълумотларни рақамлаштиришингиз мутлақо бепул амалга оширилади.

Бюджетдан ташкари Пенсия жамгармаси Нурафшон шахар булими.

📞 12-71     🌐 pfru.uz
1
#Diqqat
#Bildirish

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi sizga shuni ma’lum qiladi:

Navro'z MFY Toshkent yo'li ko'chasida "Nuroniylar maskani" binosi gaz ta'minotiga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan:

🛠 2025-yil 27-avgust kuni, soat 14:00 dan 17:00 gacha
Navro'z MFYning Toshkent yo'li
ko‘chasida yashovchi aholi va ulgurji iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

ℹ️ Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan:

aholi xonadonlari soni — 50 ta
ulgurji iste’molchilar soni — 0 ta

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yong‘inlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash va yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan joylarda nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Qurilish obyektlari, bozorlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va boshqa muhim infratuzilmalar yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilmoqda. Yong‘in o‘chirish vositalari, evakuatsiya yo‘llari va elektr tizimlarining holati tekshirilmoqda.

Shuningdek fuqarolarga gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Nurafshon shahrida amalga oshirilgan qurilish ishlari

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Nurafshon shahrida jami 587,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish ish sur’ati 113 % ni tashkil etdi.


shu jumladan:

▫️ Yirik qurilish tashkilotlari –55,3 mlrd so‘m

▫️ Kichik va mikrofirmalar – 476,9 mlrd so‘m

▫️ Norasmiy sektor – 55,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2👍1
#shukuh

⚡️Nurafshonlik sog‘liqni saqlash xodimlari Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan tadbirda Nurafshon shahrida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, soha faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 60 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining farzandlariga maktab o‘quv qurollari va sumkalari topshirildi. Shuningdek, Tibbiyot birlashmasida uzoq yillar mobaynida xalqimiz salomatligi yo‘lida astoydil mehnat qilgan 30 nafardan ziyod mehnat faxriylari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Nurafshon shahri kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nurafshon shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida bayram shukuhi davom etmoqda.

Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X
2👍2