Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri elektr ta’minoti tarmog‘i va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida Nurafshon/O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV “T-2” transformatoridan chiqadigan 6 kVli “Olmazor” va “Ipyigir-2” tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 25-oktabr
soat 10:00 dan 14:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🏙 Nurafshon shahri: Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, Degantepa mahallalar

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda. ⚙️

https://t.me/Nurafshonpressa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi
Farmoniga muvofiq Toshkent viloyatida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar oraganlari xodimlari mukofotlandi.

Jumladan:

«Sodiq xizmatlari uchun» medali
bilan:
Shamalov Tuychibay Dexkambayevich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori.


«Shuhrat» medali
bilan:
Xasanov Dilshod Uktamjonovich — Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
#tanlov

🔎 “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi Nurafshonda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Nurafshon shahri “Barkamol avlod” bolalar maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinflari hamda uy sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovda 5 nafar inklyuziv ta’lim sinfi o‘quvchilari hamda 1 nafar uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘z iqtidorini namoyish etdi.

✔️ Tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi, “Inson” ijtimoiy himoya xizmati agentligi shahar bo‘limi vakillari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan tanlov nizomi talablari va baholash mezonlari asosida o‘tkazilgan saralash yakunlariga ko‘ra, 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sana
#shukuh

25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin posbonlar,
Yelkangizga yulduz to‘ksin osmonlar!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif.

Исторический визит, открывший новую эру в отношениях между Узбекистаном и Европейским Союзом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bunyodkorlik

Nurafshon shahrida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining ma’muriy binosi va chaqiruv-yigin punkti qurilishi boshlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mudofaa tizimining qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va harbiy xizmatchilar uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yangi o‘quv markazlari, chaqiruv-yigin bunktlari va boshqaruv infratuzilmalari barpo etilayotgani hamda mavjud obyektlarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilayotgani ham shu maqsadga xizmat qilayotgan ushlar sirasidandir.

Bugun Nurafshon shahrida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining ma’muriy binosi va chaqiruv-yigin bunkti qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, soha rahbarlari, harbiy xizmatchilar hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

Yangi bino 1,05 gektar maydonda bunyod etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uch qavatdan iborat bo‘ladi. Loyihada zamonaviy ish xonalari, oshxona, majlislar zali, yig‘uv markazi va boshqa qulayliklar ko‘zda tutilgan.

An'anaga ko'ra, nuroniylar tomonidan duo qilinib, ish boshida jonliq so‘yildi.

Shuningdek, bugungi kunda Toshkent viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasining ikki tuman bo‘limida yangi binolar qurilishi, uchta tuman bo‘limida esa rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#darvoqe

“Maromiylik” — to‘ylarni tartibga soladi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, "Nuroniy" jamg‘armasi birgalikda dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

Ushbu besh tashkilot tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2