Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning boshlangan ish haftasi har doimgidek muhim voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezidentimiz Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, joriy haftada mamlakatimizga Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Начавшаяся рабочая неделя Президента Шавката Мирзиёева, как и всегда, обещает быть насыщенной важными событиями.

Сегодня глава нашего государства проведет расширенное совещание, посвященное анализу ожидаемых результатов текущего года и обсуждению ключевых макроэкономических показателей, запланированных на 2026 год.

Во второй половине дня Президент примет делегацию во главе со специальным посланником Президента США по Южной и Центральной Азии Серджио Гором.

Как известно, на этой неделе Узбекистан принимает историческое мероприятие – 43-ю сессию Генеральной конференции ЮНЕСКО. Президент посетит Самарканд, где примет участие в церемонии открытия форума, который впервые проходит за пределами Парижа. В своем выступлении глава государства представит новые инициативы по укреплению международного сотрудничества в сферах культуры, науки и образования, а также проведет ряд двусторонних встреч.

Кроме того, в течение недели в Узбекистан с официальными визитами прибудут Президент Республики Сербия Александр Вучич и Президент Республики Финляндия Александр Стубб. В рамках саммитов состоятся переговоры на высшем уровне, на которых будут обсуждены актуальные вопросы дальнейшего расширения двустороннего сотрудничества.

Facebook|Instagram|X
👍31
#chempionat

Nurafshonda shaxmat bo‘yicha saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha tumanlararo saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yosh shaxmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni viloyat chempionatiga tayyorlashdan iboratdir.

Saralash bahslarida viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan o‘nlab yosh shaxmatchilar o‘zaro aql va mahorat sinovida kuch sinashishdi. Ular o‘yinda strategik fikrlash, e’tibor va sabr-toqat kabi fazilatlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar keyingi bosqich — viloyat chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🚶‍♀️ Sog‘lom hayot sari qadam tashlaylik!

Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi “Salomatlik markazi” xodimi N.T. Muratova hamda “Navro‘z” MFY ma’muriyati vakillari hamkorligida aholiga “Sog‘lom ovqatlanish”, “Sog‘lom turmush tarzi” va “Piyoda yurishning afzalliklari” mavzusida foydali suhbat o‘tkazildi.

Tadbir davomida sog‘lom hayot tarzining kundalik odat emas, uzoq umr va baxt manbai ekani ta’kidlandi. Aholiga foydali tavsiyalar berildi va bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, “Juma kuni — piyoda yurish kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6099-sonli Farmoni doirasida “Sog‘lom hayot uchun piyoda yurish” marafoni tashkil etildi.

💬 Sog‘lom tan — sog‘lom jamiyat, sog‘lom jamiyat — baxtli kelajak!

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
"E‘LON"

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.

😮 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:

⏺️ uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
⏺️ uy sharoitida qarab turish xizmati;
⏺️ tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
⏺️ kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
⏺️ shaxsiy yordamchi xizmati.

💵 Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

🖋 Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga,“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga subsidiya shaklida to‘lanadi.

Murojaat uchun: Nurafshon shahri mahalla ijtimoiy xodimi yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

https://t.me/Nurafshonpressa
👍3
#tayinlov

Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq, Jumaboyev Elmurod Bahriddinovich Toshkent viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

E. Jumaboyev 1981- yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi — moliyachi.

Tayinlovga qadar viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#tayinlov

O‘tkir Mirzakamolovich Xalikulov Olmaliq davlat texnika instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Mazkur tayinlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.

O‘. Xalikulov 1977 yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi muhandis-metallurg. Texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

Tayinlovga qadar Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali direktori o‘rinbosari — ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#tayinlov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisining buyrug‘i bilan, Farxod Akramovich Sultonov partiyaning Toshkent viloyati Kengashi raisi sifatida ish boshladi.

F. Sultonov 1983-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — tarix o‘qituvchisi.

U Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
#kun_tartibi

Natija va mas’uliyat bilan ishlash — bugunning muhim talabi

Viloyat hokimligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshqardi.

Unda viloyat, tuman va shaharlar hokim o‘rinbosarlarining 2025 yil III-choragi uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi, viloyatda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini samarali o‘tkazish va boshqa masalalar ijrosi muhokama qilinib, galdagi muhim vazifalar belgilandi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1