Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
"E‘LON"

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.

😮 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:

⏺️ uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
⏺️ uy sharoitida qarab turish xizmati;
⏺️ tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
⏺️ kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
⏺️ shaxsiy yordamchi xizmati.

💵 Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

🖋 Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga,“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga subsidiya shaklida to‘lanadi.

Murojaat uchun: Nurafshon shahri mahalla ijtimoiy xodimi yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

https://t.me/Nurafshonpressa
👍3
#tayinlov

Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq, Jumaboyev Elmurod Bahriddinovich Toshkent viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

E. Jumaboyev 1981- yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi — moliyachi.

Tayinlovga qadar viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#tayinlov

O‘tkir Mirzakamolovich Xalikulov Olmaliq davlat texnika instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Mazkur tayinlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.

O‘. Xalikulov 1977 yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi muhandis-metallurg. Texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

Tayinlovga qadar Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali direktori o‘rinbosari — ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#tayinlov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisining buyrug‘i bilan, Farxod Akramovich Sultonov partiyaning Toshkent viloyati Kengashi raisi sifatida ish boshladi.

F. Sultonov 1983-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — tarix o‘qituvchisi.

U Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
#kun_tartibi

Natija va mas’uliyat bilan ishlash — bugunning muhim talabi

Viloyat hokimligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshqardi.

Unda viloyat, tuman va shaharlar hokim o‘rinbosarlarining 2025 yil III-choragi uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi, viloyatda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini samarali o‘tkazish va boshqa masalalar ijrosi muhokama qilinib, galdagi muhim vazifalar belgilandi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyasini qabul qildi.

Глава нашего государства принял делегацию Соединенных Штатов Америки.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#TashqiReklama

🟩 Shahar ko‘rkini saqlash maqsadida tashqi reklama vositalari tahlil qilindi

Bugun Nurafshon shahrining “Toshkent yo‘li” ko‘chasida ishchi guruh tadbirkorlar o‘rnatgan tashqi reklama vositalarining holatini o‘rganib chiqdi.

Mazkur o‘rganish jarayoni tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablari va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash, shahar ko‘rkini saqlash hamda hududda tartib va estetikani mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Jarayon davomida reklama bannerlari va konstruksiyalarining texnik holati, joylashuvi hamda mazmun jihatdan to‘g‘riligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsakgina, Nurafshon yanada chiroyli, tartibli va zamonaviy shahar bo‘ladi!

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#BSK

🔧 “Taraqqiyot” mahallasida elektr shitlari ta’mirlandi

Bugun Nurafshon shahrining “Taraqqiyot” mahallasidagi 17-uyda ochiq holatda bo‘lgan elektr shitlari BSK ishchi xodimlari tomonidan ta’mirlandi.

Mazkur ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, ichki elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirildi.

Aholi farovonligi va xavfsizligi – e’tibor markazida! ⚡️

https://t.me/Nurafshonpressa
1