Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oila_muqaddas

Har bir yarashgan oila — jamiyatning yutug‘i.
Farzand baxti — eng ustuvor vazifa. 👨‍👩‍👧‍👦

https://t.me/Nurafshonpressa
👍43
#Jamiyat_masalasi

Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahri bo‘limining murojaati ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova MIB shahar bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist D.Miniyorov bilan birgalikda shahar hududidagi har bir mahallaga borib, o‘rganish ishlari olib bordi.

Tashrif davomida aliment to‘lovidan bo‘yin tovlayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalik — bu huquq emas, avvalo burch ekani ta’kidlanib, farzandlar manfaatini himoya qilish va oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Jarayon yakunida aliment to‘lovidan qochayotgan shaxslarni ogohlantirish, oilalarni yarashtirish va farzandlar kelajagini himoya qilish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.

📌 “Bola dunyoga kelishni tanlamaydi — unga baxtli bolalikni taqdim etish esa bizning burchimiz.”

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Bugungi kunda bolalar orasida tarqalayotgan kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar izoh berdi

Bu xastalik belgilari qanday namoyon bo‘lmoqda?

Uy sharoitida davolash mumkinmi?

Muolaja jarayonida nimalarga ahamiyat berish kerak?

Mazkur savollarga Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining davolash ishlari bo‘yicha rahbari o‘rinbosari Umida Yo‘lchiyeva batafsil javob berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BSK

Nurafshon shahri “Toʻytepa Yuksak Servis” MChJ BSK tomonidan Nurafshon mahallasidagi A. Navoiy ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jarayon doirasida tom qoplamalari yangilanib, muammoli joylar bartaraf etildi. Shuningdek, hududdagi infratuzilma yaxshilanib, mahalla aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratildi.

Mazkur ishlar aholining murojaatlari va ehtiyojlari asosida amalga oshirilmoqda va bosqichma-bosqich davom ettiriladi.


https://t.me/Nurafshonpressa
👏3
#Davlat_xizmatchisi

Davlat xizmatchisi – burch, sadoqat va mas’uliyat timsoli

Joriy yilning 31-oktabr kuni Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari, shahar korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari uchun “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar hafta davomida yurtimizda va xorijda yuz bergan muhim voqea va hodisalar, ular bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, monitor orqali turli ijtimoiy videolavhalar va infografikalar namoyish etildi. Ularda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan jonli muhokamalar bo‘lib o‘tdi, bu esa hech bir ishtirokchini befarq qoldirmadi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilish – har bir davlat xizmatchisining sharafli burchidir. Sadoqat, mas’uliyat va vatanparvarlik hislari davlat xizmatining asosiy mezonlari sifatida qayd etildi.

Shu kabi siyosiy-ma’rifiy soatlar davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini hamda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
2