Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🗓13.11.2025.


Nurafshon shahrining "Navro'z" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi asosiy ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi.

Yaqin orada hududda bunaqa keng koʻlamli ish bajarilmagan edi, - deydi mahalliy faollardan biri Anvar Azimov. - Mahallamiz aholisi, nuroniy otaxonlar, onaxonlar - yosh-u qari juda ham xursand. Inson qadri ulugʻlangan shu yurt fuqarosi ekanimiz uchun ming shukr.


Yuqorida jarayon to'liq aks etgan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#kibermadaniyat_oyligi

☄️ CYBERUNI PARK CUP 2025 – Talaba va Yoshlar Festivali!

Ushbu festival kiberxavfsizlik, robototexnika, dron va kordli samolyotlarga qiziqqan 12–30 yoshdagi yoshlar va talabalar uchun tashkil qilinmoqda.

🖥 17-noyabr, 10:00–15:00
📍 Cyber University, Nurafshon sh.

🛡 Musobaqalar yo‘nalishlari:
1. CTF (Capture the Flag)
2. Robo-Battle (Robototexnika)
3. Robo-Football
4. Drone Cargo Delivery Race
5. Tethered Aircraft Combat (Kordli aviamodellar jangi)
6. FPV Drone Racing


💵 Mukofotlar:
• 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m + sertifikat
• 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m + sertifikat
• 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m + sertifikat

💡 Maqsad: Yoshlar va talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar va ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirish hamda ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish va musobaqa nizomlari bilan tanishuv quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: http://ctf.csu.uz

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌐Nurafshon shahri


14-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti

☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +20°C, kechga borib esa  +6°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#obuna_2026

❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?

Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?

Nashr ko‘rsatkichi – 7024.

📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.

⭕️Muroj
aat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#imkoniyat

AQSHda Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochildi

Xabar berganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan AQSHda bo‘lib turibdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad  Toshkent viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratishdir.

AQSHning Florida shtati Gollivud shahrida Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochilgani ham bu yo‘nalishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Yangi vakolatxona — viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQSHda keng targ‘ib etish, shuningdek, amerikalik biznes hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda muhim platforma vazifasini bajaradi.

Toshkent viloyati va Gollivud shahri o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSH bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi XEL 6kV f. Qorasuv 6 kV tarmogʻidagi transformatorlardagi avariyani oldini olish maqsadida joriy tamirlash va daraxt shoxlarini kesish ishlari olib boriladi.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 14-noyabr
soat 09:00 dan 14:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: Evalak, Oybek, Muqumiy, Obod turmush, Navroʻz, Qumariq, Dehqonobod va Toʻytepa mahallalarida

🏘 O‘rtachirchiq tumani: Qorasuv va Galabotir mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
#dolzarb

"Siyosiy-ma'rifat soati" o'tkazilmoqda


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzularini o'z ichiga olgan yangiliklardan xabardor etuvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni tashkil etib boriladi.

Nurafshon shahar hokimligi masjlislar zalida navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tmoqda.

Unda Nurafshon shahar hokimi o'rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi. Ma'naviyat targ'ibotchilarining ma'ruzalari tinglandi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Pensiyangiz miqdorini  @pensiyauzbot botidan foydalangan holda oson bilib oling.

🛫 Mazkur bot orqali siz Pensiya jamg'armasiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qoldirishingiz ham mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish (Ko'rish)
🔷Xalqchil IPO (Ko'rish)
🔷"Ugam River" turistik majmuasi (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk (Ko'rish)
🔷Avtomototransport (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari (Ko'rish)
🔷Микромарказлар (Ko'rish)
🔷Elektr stansiyalarini qurish huquqi (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube