Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#sayyor_qabul

🗓13.11.2025.


Nurafshon shahar hokimi "Degantepa" MFYda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va muammolari bilan bevosita hokimga murojaat qildi. Qabul davomida uy-joy, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, bandlik kabi mavzular muhokama qilindi.

Hokim har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalarni joyida hal etdi, ba’zi murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur sayyor qabulda 17 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqotlarda 26 ta murojaat kelib tushdi hamda ularning 5 nafariga joyida tushuntirish berish orqali hal etilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarning murojaati bo'yicha esa mutasaddilarga yo'naltirildi.
👍21
#shtab_faoliyati

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari xalqaro ekspertlar tomonidan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 oktyabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.


Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish, hududiy shtablar faoliyati va ro‘yxatga olish dasturiy ta’minotini o‘rganish, tayyorgarlik holatini kuzatish hamda baholash maqsadida Jahon banki missiyasining vakili Oliviye Dupriyez boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi viloyat shtabiga tashrif buyurishdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#asfalt_yotiqizildi

Navro'z mahallasidagi ichki yo'llarga asfalt yotqizildi


Ma'lumki, bir necha hafta muqaddam Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari boshlanib, ayniqsa, bu jarayonda amalga oshiralajak ishlarning sifatli va o'z vaqtida bajalishi yuzasidan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan tegishli chora-tadbirlar soha mas'ullariga belgilab berilgan edi. Hokimning o'zi esa joyiga chiqib, bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan mazkur hududda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishgandi. Hozir esa bu yerdagi o'zgarishlar anchayin salmoqli ko'rinish kasb etib bormoqda.


Ayni damda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal ketayotgan ushbu manzilda yana bir xayrli yumush - asfalt yotqizilgani bo'ldi. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.
👍2