Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (10 mln 300 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Diqqat

Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang!

✔️ Endi "UZENERGO
" ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz.

🔴 Noqonuniy tabiiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling…

🔴 Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang.

🔴 Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi.

🔴 Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi.


👨 Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling.
"Muqimiy" mahallasi aholisi uchun Yangi yil bayrami konserti tashkil etildi

📅 2025-yil 25-dekabr holatiga

🔹Yangi - 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan butun Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 25-dekabr kuni "Muqimiy" mahallasida aholi uchun quvonchli va ko‘ngilochar bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida shahar mahalla uyushmasi mas'ullari ishtirokida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish qilingan sahna ko‘rinishlari va maftunkor raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


🔹Yangi yil shodiyonalari va bayramona bezatilgan archa unga tashrif buyurganlarga unutilmas lahzalar, iliq taassurotlar bag'ishladi.
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi


Hukumat qarori (819-son, 24.12.2025-y.) bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo'l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.

✔️ Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish quyidagilarni o'z ichiga oladi, jumladan:

▪️ kirish yo'l-yo'rig'i va ish joyidagi yo'l-yo'riqlarni o'tkazish;
▪️ ish joyidagi stajirovka va bilimlarni tekshirish;
▪️ xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishga o'qitish.

Ish beruvchi har yili 20-yanvargacha YAMMT IDAKga quyidagi ma'lumotlar kiritilishini ta'minlaydi:

🔹 mehnat sharoiti to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 zararli va xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyoz va kompensasiyalar summasi to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog'liq kasallik 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar.

🏛 Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi kerak.

Ma'muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▪️ 1-bosqich – bo'linma va bo'limlarning (syex) uchastkasi, smena, brigadada;
▪️ 2-bosqich – bo'linma, bo'lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;
▪️ 3-bosqich – tashkilotda umumiy.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrining bosh archasi chiroqlari yoqildi va Yangi yil bayrami shodiyonalariga start berildi


🔹2025-yil 25-dekabr kuni Nurafshon shahridagi markaziy maydonda yorqin chiroqlar va bezaklar bilan ziynatlangan bosh archa tantanali yoqildi va bayram dasturlariga start berildi.

🔹Maydonni rang-barang chiroqlar, bezakli sahnalar va bolalar uchun attraksionlar charog‘on etmoqda. Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

🔹Teatrlashtirilgan tomoshalar, shou-konsertlar va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1👏1👌1🤝1
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining markaziy maydonida Yangi yil shodiyonalari davom etmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥21👏1👌1
#bildirish

Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi fuqarolar!


"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Yangi yil bayrami arafasida tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va oldindan amalga oshirishingizni so‘raymiz. Bu gaz ta’minotining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.


🔹To‘lovlarni banklarning mobil ilovalari orqali amalga oshirishni tavsiya etamiz!

📞Tabiiy gazga oid savollar va murojaatlar uchun 1104 raqamiga, xonadonda gaz hidi sezilganda esa zudlik bilan 104 yoki +99899 004 81 04 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so‘raymiz.

"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'lim ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yuridik_yordam

❗️Davlat hisobidan yuridik yordam nima?

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining markaziy maydonida Yangi yil shodiyonalari davom etmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1🤝1