Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#savol_javob

Savol:
Bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

Javob
: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish huquqi paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Nega sovuq kunlarda Aholiga gaz to'ldirish kompressor shahobchalari faoliyati cheklanadi?

Keskin sovuq paytlarda:

🔹aholi xonadonlari

🔹maktab, bog‘cha, shifoxona kabi ijtimoiy obyektlar tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlanishi birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

Shu bois gaz bosimini me’yorida saqlash maqsadida, AGTKSH faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilishi mumkin.

Bu choralar — zarur va vaqtinchalik.
2🔥1
#bildirish

🔹Yangi yil bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan bayram tadbirlari hamda konsert dasturlariga marhamat!


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida shahardagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrga qadar keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari tashkil etilmoqda:

Ertaga 26-dekabr kuni quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

🏙 Nurafshon shahri: "Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla markazida
🗓 2025-yil 26-dekabr kuni
Soat 15:30 dan 17:00 gacha bayramona konsert dasturi o‘tkaziladi.

🔹Barchani taklif etamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥2👍1
#jarayon

Jamiyatga qaytish yo‘li: avf etilgan shaxslar bilan uchrashuv

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi tegishli farmoni bilan Toshkent viloyatidan avf etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, jamiyatga qayta integratsiya qilish, bandligini ta’minlash hamda mavjud ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.


Batafsil.
1
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 25-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan  reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Qumariq” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda  savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Hurmatli fuqarolar
❗️

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshonda yangi yil bayrami shukuhi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 524 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 240 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 514 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 117 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 152 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 128 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 88 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 30 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 173 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 101 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 119 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 111 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 153 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 60 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 11 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#bildirish

Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi fuqarolar!


"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Yangi yil bayrami arafasida tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va oldindan amalga oshirishingizni so‘raymiz. Bu gaz ta’minotining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.


🔹To‘lovlarni banklarning mobil ilovalari orqali amalga oshirishni tavsiya etamiz!

📞Tabiiy gazga oid savollar va murojaatlar uchun 1104 raqamiga, xonadonda gaz hidi sezilganda esa zudlik bilan 104 yoki +99899 004 81 04 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so‘raymiz.

"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'lim ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Aholi va “Toza hududrahbari uchrashuvi: muammolar va yechimlar

"Hurriyat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Angren Bunyod Fayz” MCHJ rahbari ishtirokida aholi bilan tanqidiy-tahliliy ruhda ochiq muloqot tashkil etildi.


🔹Unda hududni tozalash va chiqindilarni tashish bo‘yicha mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Aholi vakillari xizmat sifati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya talablariga rioya etilishiga doir o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

🔹Uchrashuv natijasida mutasaddilarga xizmatlarni yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish yuzasidan bir oy muddat belgilandi. Belgilangan vaqtda bajarilgan ishlar yuzasidan aholi oldida hisobot berish vazifasi yuklatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2👎2👏1
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!
Nuroniylar va “Buvijonlar maktabi” faollari uchun yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi

Nuroniylar maskanida shahar Nuroniylar kengashi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Buvijonlar maktabi” faollari va nuroniylar uchun yangi yil bayrami arafasida tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda "Nuroniy” jamg‘armasi raisi, shahar kengashi deputati Jo'ra Axmedqulov, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudovalar tomonidan samimiy tilaklar bildirildi.

🔹Shu kuni madaniyat bo‘limi tomonidan rang-barang konsert dasturlari namoyish qilindi. Ijodiy jamoalar va yosh havaskorlar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida bir guruh faollar esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🔹Ushbu bayramona uchrashuv nuroniylar hamda mahalla faollarini yanada birlashtirib, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati