Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Bir lahzada...

Uning orzulari mo‘l edi.
Bolalikdagi beg‘ubor orzular…
Hayotdan maqsadi, rejalari bisyor edi.

Ota-onasining umidi katta,
yaqinlarining ishonchi mustahkam edi.

Ammo…

Birgina noto‘g‘ri qaror uning butun boshli hayotini ostin-ustun qildi.

Shuni unutma!

U asta-sekin hammasini olib qo‘yadi.

Avval — sog‘lig‘ingni.
Keyin — irodangni.
So‘ngra — orzularingni.
Oxir-oqibat esa…
O‘zingni.


Bir lahzalik qiziqish
bir umrli afsusga aylanishi mumkin.

Hayotingni o‘zing tanla.
Orzularingni asra.
Narkotikka “yo‘q” de!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

Bugun, 6-fevral kuni, Nurafshon shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi. Tadbir “ZOOM” platformasi orqali tashkil etilib, unda viloyatdagi 22 ta tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Feruza Muhitdinova hamda “Ma’shal” gazetasi bosh muharriri, viloyat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Otabek Isroilov tomonidan “Halollik vaksinasi” tushunchasining mazmun-mohiyati yoritib berildi.


Shuningdek, Respublika ishchi guruhi a’zosi Nuriddin Normatov korrupsiyaga murosasiz munosabat, halollik tamoyillari va davlat xizmatchilarining mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladi.

Tadbirdan so‘ng Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov tomonidan alohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda mas’ul rahbar va mutasaddilarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, belgilangan reja-jadvallar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


https://t.me/Nurafshonpressa
👍2👏1
#FuqarolarDardiniEshitish

Nurafshon shahri hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi


📅 2026-yil 6-fevral kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar aholisi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🏛👥

Ochiq muloqotda fuqarolar kommunal xizmatlar, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish, ishga joylashish, kadastr va elektr ta’minoti kabi masalalarda 12 ta murojaat bilan chiqdi. 🏠💡📈
Shulardan biri joyida hal qilindi , qolganlari mas’ullarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi. 📋🔍


Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi. ✍️💼

Mazkur tadbirda Prezidentimizning:
💬 “Davlat hokimiyati fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal qilishga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari amaliy tarzda namoyon bo‘ldi. Aholining dardini eshitish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi. 🤝


https://t.me/Nurafshonpressa
2👍2👏1
#Bildirish

Viloyatdagi Kichik va yoshlar sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish uchun tender eʼlon qilindi


Quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Tanlov shartlari bilan tanishish

Kichik sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlari roʻyxati

Yoshlar sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlari roʻyxati

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI MUROJAAT

Bugun sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — inson qadrini ulug‘lash va xalq roziligini ta’minlashdir. Korrupsiya esa adolat va ishonchni yemiruvchi eng xavfli illatdir.

Sog‘liqni saqlash tizimida: poraxo‘rlik tanish-bilishchilik mansabni suiiste’mol qilish qat’iyan rad etiladi.

Kadrlar siyosatida:
• barcha vakant lavozimlar ochiq e’lon qilinadi
• ishga qabul qilish tanlov (konkurs) asosida amalga oshiriladi
• jarayonlar vacancy.gov.uz orqali shaffof o‘tkaziladi
• noqonuniy ta’sir va tavsiyalarga yo‘l qo‘yilmaydi


📞 Agar korrupsiya holatlariga duch kelsangiz: 📱 +998 93 616 01 74 ☎️ 1203, 1103

Halollik va adolat — sog‘lom tizim asosi. Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz!

Yunusova Muxayyo Ubaydullayevna Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i
3
Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy kutib oldi.

В резиденции «Айван-е-Садр» в Исламабаде Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева встретил Президент Исламской Республики Пакистан Асиф Али Зардари.

Facebook|Instagram|X
1