Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#Murojaat

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashevning kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish yuzasidan shahar aholisiga MUROJAATI

Nurafshon shahar Ichki ishlar bo'limi tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish va aholining ogohligini oshirish bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning hushyorligi, ongli yondashuvi va hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Ogoh bo‘ling, axborot madaniyatingizni oshiring, o‘zingizni va yaqinlaringizni kiberfiribgarlardan asrang!

➡️ BATAFSIL..

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot garovi. “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Beparvo bo‘lmang, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang!

https://t.me/Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ro‘yxat_2026

Ro‘yxatga oluvchilar pul yoki SMS-kod so‘rashlari mumkinmi?

Batafsil videoizohdan bilib olishingiz mumkin.

Ro‘yxatga olish 28-fevralga qadar davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XalqBilanMuloqot

🟢 Nurafshonda navbatdagi sayyor qabul: Har bir murojaat – e’tibor markazida

🗓 2026-yil 12-fevral kuni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🤝 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan qabul jarayonida Nurafshon shahri hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

👥 Qabul davomida 5 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Unda moddiy yordam, gaz ta’minoti hamda qurilish masalalari yuzasidan taklif va muammolar bildirildi.

📌 Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari – har bir rahbar faoliyatining bosh mezoni bo‘lishi shart.”


Darhaqiqat, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila tashvishi va kelajakka bo‘lgan umid mujassam. Nurafshonda tashkil etilayotgan sayyor qabullar ana shu tamoyil asosida – xalq dardi bilan yashash, muammolarni joyida hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak berish maqsadida muntazam davom etmoqda.

🔹 Inson qadri ulug‘langan yurtda har bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi.

https://t.me/Nurafshonpressa
🔥1👏1
#AdliyaKuni

🟢 “Adliya kuni” doirasida huquqiy targ‘ibot va sayyor qabul o‘tkazildi

🗓 2026-yil 12-fevral kuni Nurafshon shahar adliya bo‘limi hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan “Xurriyat” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbir doirasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi hamda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglandi.

👥 Qabul jarayonida:
4 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi;
2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


📖 Shuningdek, tadbir davomida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolar, ajrimlarning oldini olish, oilaviy ajrimlarning kelgusidagi salbiy oqibatlari haqida batafsil huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Qonun ustuvorligi – adolat va taraqqiyotning eng muhim shartidir.”

“Adliya kuni” tadbiri aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini joyida hal etish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



https://t.me/Nurafshonpressa
#AllaTanlovi

🎶Alla – bu ona mehri, millat ruhi va ezgulik sadosidir.

Asrlar osha yangrab kelayotgan alla ohanglarida xalqimizning orzu-umidlari, farzandga bo‘lgan mehr-muhabbati va ezgu tilaklari mujassam.

📍 12-fevral kuni Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasidagi 57-maktab majlislar zalida “Ilm–ma’rifatli ayol-qizlar” kunlari oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🤝 Tadbir Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshchiligida, shahar xotin-qizlar bo‘limi hamda “Oqila ayollar” harakati faollari ishtirokida o‘tkazildi.

🎶 Ko‘p millatli ayol-qizlar ishtirokida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi “Alla” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌸 Ma’naviy tadbir shahar “Oqila ayollari”, targ‘ibot guruhi hamda mahalla faollari tomonidan yuqori saviyada tayyorlandi.

🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Ayol baxtli bo‘lsa – oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa – jamiyat mustahkam bo‘ladi.”


Mazkur tadbir ayol-qizlarning ilm-ma’rifatga intilishi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
📌📌📌📌📌


🔠 Kelajakda pensiyaga chiqishda muammoli holatlarga duch kelmay desangiz, ushbu xatolarga yo‘l qo‘ymang.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahri bo‘limi.


      ☎️ 12-71

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati