Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Endilikda tarmoq rahbarlari va hokimlardan eksportda faqat hajm bo‘yicha emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlar bo‘yicha ham so‘rov bo‘lishi aytildi.

Hokimlar, ularning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari elchilar bilan doimiy hamkorlik qilib, qayerda mahsulotga qancha ehtiyoj bor, bu bozorlarga kirish uchun nima talab etilishini o‘rganishi, ishni shunga moslab tashkil qilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

2026-yilda Tunis, Marokash, Senegal, Iroq, Avstraliya, Portugaliya, Gretsiya va Nordik davlatlarda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmalarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

“100 ta mahsulot akseleratori” dasturini boshlab, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlariga eksportni yiliga kamida 25 foizga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
Yanvar oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi go‘sht hisobidan bo‘lgan.

Go‘shtda importga qaramlikni qisqartirish uchun ozuqa masalasini hal qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, makkajo‘xori ekish boshlanayotgani barcha uchun namuna ekani qayd etildi. Shu bois, bu yil qo‘shimcha 60 ming gektarda bu ishlarni tashkil qilish topshirildi. Bu qo‘shimcha 350 ming chorva uchun kafolatlangan ozuqa bazasi bo‘ladi.

Mayda shoxli qoramol naslini yaxshilash uchun o‘tgan yil Mo‘g‘ulistondan 100 ming qo‘y va echki olib kelindi. Bu yil ham mazkur ishlar davom ettirilishi belgilandi.

O‘tgan yil 772 ming tonna kartoshka import qilindi. Joriy yilda mutasaddilar, hokimlar 4,5 million tonna kartoshka hosili olishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya bo‘yicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili bo‘ladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.

Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan ta’minlashi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.

“Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi.

Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim
,

– dedi davlatimiz rahbari hamda dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
MATBUOT ANJUMANI!

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikka hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda hududiy boshqarma tomonidan raqobatni rivojlantirish, monopoliyalarga qarshi kurashish, davlat xaridlari hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, aholi muammolari bilan ishlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, anjumanga yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Matbuot anjumani jarayonida Nurafshon shahridagi tadbirkorlar ham faol ishtirok etdi va ular uchun ham qator savollar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!

Nurafshon shahri hokimligi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida, maktab, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar ishtirokida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar:
ishga joylashish imkoniyatlari,
kasb-hunarga yo‘naltirish,
korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta’minlash va kelajakda kasbini tanlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sana

14-fevral  Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun yurtimiz bo‘ylab Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda buyuk bobokalonimizning 543 yilligi keng nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin", "Xatti Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi tavalludining 543 yilligi

Bugun o‘zbek davlatchiligi va jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat Boburiylar sulolasi asoschisi, balki adolatli davlat boshqaruvi, ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyat g‘oyalarini ilgari surgan buyuk shaxs sifatida tarixda abadiy qolgan. Uning mashhur “Boburnoma” asari davlat boshqaruvi, siyosat, geografiya va insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan noyob manba hisoblanadi.

Boburning jasorati, bilimga chanqoqligi va xalqparvarlik fazilatlari bugungi kunda ham davlat xizmatida fidoyilik, mas’uliyat va vatanparvarlikning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
1
📣 DIQQAT, E’LON!

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli tadbirkorlar!
Nurafshon shahri hokimligi hamda Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkaziladi.

🗓 Muloqot uchrashuvlari quyidagi mahallalarda bo‘lib o‘tadi:
🟢 16-fevral, soat 11:00
1-sektor hududi — “Ma’rifat” MFY
📍 Nurafshon shahri hokimligi binosi

🟢 18-fevral, soat 11:00
2-sektor hududi — “Nurafshon” MFY
📍 “Tong” madaniyat markazi binosi

🟢 20-fevral, soat 11:00
3-sektor hududi — “Oybek” MFY
📍 Xalq qabulxonasi binosi

🟢 24-fevral, soat 11:00
4-sektor hududi — “Dehqonobod” MFY
📍 “Dehqonobod” MFY binosi

📌 Uchrashuvlar davomida:
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
2️⃣ Tadbirkorlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot beriladi;
3️⃣ Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi;
4️⃣ Shahardagi mavjud imkoniyatlar, yangi loyihalar, bo‘sh turgan bino-inshootlar hamda zaxiradagi yer uchastkalari bilan tanishtiriladi;
5️⃣ Yangi ish o‘rinlari yaratib, hududimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi.


🔴 Muloqot uchrashuvlari belgilangan jadval asosida shaharning barcha hududida o‘tkaziladi.

‼️ Nurafshon shahridagi barcha tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarni ushbu muloqot uchrashuvlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
• Savdo-sanoat palatasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i — S.Tursunov
📱 +998 94 335 31 67
• Nurafshon shahri hokimligi mutaxassisi — A.Hakimov
📱 +998 97 048 44 00

Nurafshon shahri hokimligi
🌍🌍🌍🌍🌍

👉 t.me/Nurafshonpressa

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇

🧭Web-site 😎 Telegram 😎Instagram 😎 Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

"O‘n ikki yoshidan keyin Ramazon hayitini bir yerda ikki marta kutib olish unga nasib etmadi..."

Bobur Mirzo hazratlari hayotidan dilbar asarlar yozgan adib, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Xayriddin Sulton fikrlari:

Bu mumtoz inson tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biridir. U dunyoga kelib, uzoq yashamadi — bor-yo‘g‘i 47 yil umr kechirdi. Lekin shu suronli umri mobaynida u jahon tarixidan shavkatli o‘rin olib ulgurdi...

Aslida uning umr yo‘li boshdan oyoq taqdir imtihonlaridan iborat edi, desak yanglish bo‘lmas.

U 12 yoshida otadan yetim qoldi.

Hali ayriliq ko‘z yoshlari tinmay turib, qismat uning go‘dak boshiga toju taxt minnatini soldi.

Marhum padarining qirqi o‘tmasdan u g‘animlarga qarshi qilich yalang‘ochlab, jang maydoniga chiqishga majbur bo‘ldi.


O‘n ikki yoshdan keyin Ramazon hayitini bir yerda ikki marta kutib olish unga nasib etmadi. Chunki umri mudom ot ustida, jangu jadallarda, siyosat girdoblarida o‘tdi...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrifi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#so‘z_mo‘jizasi

Bobur Mirzoning ushbu baytini dastlab o‘ngdan chapga, keyin chapdan o‘ngga qarab o‘qing va ajib she’riy moʻjizadan bahramand bo‘ling:

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon...


Endi shul baytni o‘ngdan chapga, ya’ni teskarisiga o‘qiymiz. Mana bunday shakl yuzaga keladi:

...Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manga davodur, hajring manga balodur...

So‘zning o‘ziga xos mo‘jizasini qarang. Baytni teskari o‘qisangiz ham ma’no saqlanibgina qolmay, aksincha u yanada kuchayadi.

Izoh: Bobur portreti sun'iy intellekt tomonidan chizilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Nurafshon shahar IIB boshlig‘ining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 15-fevral kuni soat 11:00 da Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev tomonidan ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkaziladi.

Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.

📍Mazkur qabul "Toʼy-tepa" mahallasida bo‘lib o‘tadi.

https://t.me/Nurafshonpressa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#hamkorlik

Fan va amaliyot uyg‘unligi: Boshqirdistonda xalq tabobati va asalarichilik bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishildi

Shu kunlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Safar doirasida viloyat delegatsiyasi Boshqirdistonning asalarichilik va xalq tabobati sohasida alohida o‘rin tutgan — "Asalarichilik va apiterapiya bo‘yicha Boshqird ilmiy-tadqiqot markazi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1