Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent viloyati — Boshqirdiston Respublikasi: samimiy ishonchga asoslangan hamkorlikning yorug‘ istiqbollari

Ufa shahridagi “Respublika uyi”da Toshkent viloyati va Bashqirdiston Respublikasi o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha kengaytirilgan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Marosimda har ikki tomondan rasmiylar, tegishli tashkilot va  idoralar rahbarlari, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy doira vakillari, shuningdek, yirik kompaniyalar va sanoat korxonalari, savdo vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Bashqirdiston Respublikasi boshlig‘i Radiy Xabirov ikki hudud o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik aloqalari, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar hamda istiqboldagi rejalarni yuqori baholadilar.

Toshkent viloyati Boshqirdiston biznesi uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga chiqishda ishonchli maydon bo‘lishga tayyor, deb qayd etdi jumladan viloyat hokimi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda har ikki taraf xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar maydonida asosiy hamkorlardan biriga aylanmoqda. Toshkent viloyati delegatsiyasining Boshqirdistonga navbatdagi tashrifi mazkur aloqalarni yanada yuksak bosqichga ko‘tarishi bilan ahamiyatlidir.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#tajriba

Viloyat delegatsiyasi yana bir yuqori texnologiyali korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatdi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Boshqirdistondagi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqaruvchi yirik korxona – “BURINTEX” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv mobaynida viloyatimiz delegatsiyasi a’zolariga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, shuningdek, kompaniyaning xalqaro bozordagi o‘rni, eksport geografiyasi hamda innovasion ishlanmalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, korxona Ufa shahridagi ikki yirik ishlab chiqarish maydonida 500 dan ortiq zamonaviy, jumladan CHPU dastgohlari yordamida yuqori aniqlikdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa, qariyb 115 ming donani tashkil etadi.

Muzokaralar chog‘ida neft-gaz sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#ta'lim
#hamkorlik

Viloyat delegatsiyasi Ufa shahrida xalqaro darajasidagi zamonaviy kampus faoliyati bilan tanishdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasiga amaliy safari doirasida Ufa shahrida joylashgan Yevroosiyo ilmiy-ta’lim markazi (NOS)  faoliyati bilan tanishdi

Mazkur kampus Bashqirdistonni ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro raqobatbardosh hududga aylantirishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi.

Loyiha  yashash, o‘qish, ilmiy tadqiqot va startaplar uchun yagona zamonaviy muhit yaratilgan. Kampus hududida o‘quv-auditoriya binolari, ilmiy laboratoriyalar, IT-texnopark, kovorking va jamoat joylari, shuningdek, talabalar va yosh olimlar uchun turar joy majmualarini qamrab olgan.

Markazning asosiy maqsadi ilg‘or ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqish va ularni iqtisodiyotning real sektoriga joriy etishdan iborat. Kampus bir nechta oliy ta’lim muassasalarini yagona hududda birlashtirib, ilm-fan va biznes integratsiyasini ta’minlaydi, talabalarning ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tanishuv jarayonida delegatsiya a’zolariga markazning infratuzilmasi, zamonaviy arxitektura yechimlari hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1