Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
#shukuh

Viloyatda iftorlik dasturxoni yozildi

Bugun “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi asosida mamlakatimizning barcha hududlarida iftorlik tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Xususan, Chirchiq shahridagi "Kimyogar" to‘yxonasida tashkil etilgan fayzli dasturxon atrofiga viloyatimiz faollari, nuroniylar, imkoniyati cheklanganlar, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan iftorlik tadbirlarida videokonferensaloqa orqali viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan faollar va nuroniylar ham  ishtirok etishdi.

Tadbir davomida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar yangrab, jamiyatimizdagi ahillik va birdamlik yanada mustahkamlandi.

Qur’on tilovat qilinib, minglab insonlar Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun duoga qo‘l ochdi.


Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxonlari yozildi.

Nurafshon shahrida ham ushbu ezgu va xayr-saxovat tadbiri keng qamrovda o‘tkazilib, unga shahar nuroniylari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari, yolg‘iz keksalar hamda jamoatchilik faollari taklif etildi.

Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi mas’ullar, shahar prokurori To‘lqin Karimov, shahar IIB boshlig‘i Aziz Yuldashev hamda tegishli tashkilot vakillari qatnashdi.


Tadbir davomida bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalar keltirilib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun ezgu duolar qilindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31👍1🔥1👌1