Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.26K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Mahallalarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi hamda shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida “Ma’rifat” mahallasida “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🟣 Bellashuv jarayonida ishtirokchi jamoalar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkor va aniq javob berish orqali o‘z bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatini namoyon etdilar. Musobaqa murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Ma’rifat yoshlari” jamoasi g‘olib deb topilib, musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar endi naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi


🔰 Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, sotuvchi va xaridor o'rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash hamda bitimlarni rasmiylashtirish jarayonida axborot xavfsizligi va ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlash maqsadida:

Adliya vazirligi Ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o'rtasida elektron ma'lumotlar almashish tartibi to'g'risidagi nizomni (ro'yxat raqami: 3790, 16.03.2026-y.) davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

🔎 2026-yil 1-apreldan ko'chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o'rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashish yo'li bilan aniqlanadi.

📋 Unga ko'ra, endilikda notariuslar ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlashni taraflar o'rtasidagi hisob-kitoblar bo'yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma'lumotlar asosida amalga oshiradi.

Ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

✍️ Xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi;

💸 Bank tomonidan taraflar o'rtasida shartnoma bo'yicha kelishilgan pul mablag'lari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag'iga kirim qilinadi;

📲 SHartnoma to'lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, tegishli eskrou hisobvarag'iga taraflar o'rtasida kelishilgan (boshlang'ich) pul mablag'lari kirim qilinadi;

🔗 Shartnoma to'liq yoki qisman kredit mablag'lari asosida amalga oshirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma'lumot yuboriladi;

🪪 Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin;

📞 Taraflar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;

Notarius eskrou hisobvarag'ida mablag'lar mavjudligini elektron shaklda tekshirib oladi hamda shartnomani tasdiqlaydi;

💵 Pul mablag'lari sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag'iga o'tkaziladi yoki hisobvarag'iga o'tkazilgan mablag'lar ularning so'roviga ko'ra naqd shaklda taqdim etiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Бухару для участия в мероприятиях второго дня узбекско-таджикского саммита. В международном аэропорту глава нашего государства встретил Президента Таджикистана Эмомали Рахмона.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #Buxoro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatildi


🤔Nurafshon shahridagi “Nuroniylar maskani” da aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri tashkil etildi.

🔸Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Djumanova, shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo‘ra Ahmedqulov hamda faollar ishtirok etdi.


🤔Tadbir doirasida shahar hududida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillariga zarur kundalik iste’mol mahsulotlari topshirildi.

⚡️Mazkur xayriya tadbiri nafaqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish, balki fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning holidan xabar olish hamda jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik tamoyillarini keng targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM