Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял президента Всемирной федерации таэквондо Чо Чунг Вона.

#Mirziyoyev #qabul #WorldTaekwondo #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nurafshonda nuroniylar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi


🇺🇿Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi “Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida nuroniylar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.

🔂Musobaqada mahallalardan tashrif buyurgan nuroniy otaxon va onaxonlar shaxmat hamda shashka yo‘nalishlarida o‘zlarining boy tajribasi, puxta strategik fikrlashi va yuksak mahoratlarini namoyon etdilar. Har bir bahs murosasiz va qiziqarli kechib, ishtirokchilarning aql-zakovati, sabr-toqati hamda hayotiy tajribasi yorqin ifodasini topdi.


Tadbir yakunida “Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi J. Axmedqulov so‘zga chiqib, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yosh avlodga ibrat bo‘lib kelayotgan nuroniy sportchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlari e’tirof etildi

🎥Tafsilotlar videorolikda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👏1🤝1


Yoshlar kuni — yangi tashabbuslar va imkoniyatlar maydoni


Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.

✅️Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi.

✅️Shuningdek, Ilxom Klichxanov tomonidan Nurafshon shahar hokimi olimpiadasida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan, viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchi yoshlarga elektron protektor (sensor) sport jihozlari jamlanmalari sertifikatlari hamda sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni va Osiyo chempioni Aleksandr Nazarovga farmakologik vitaminlar sertifikati topshirildi.


Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan ishlangan san'at namunalari ko'rgazmasi, shaxmat musobaqalari, tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida esa rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning muammolarini bevosita rahbarlar bilan muhokama qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sport va ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1