Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bekobod shahriga tashrifi hamda O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirishi itafsilotlari tahlil qilinadi.

Ko‘rsatuvni bugun, 18-iyul soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 19-iyul soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|Instagram|X
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari “O‘zmetkombinat”ning Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. O‘zbekiston hududlari va Italiyaning Toskanasi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda. Mahalla raislari va "yettilik"lar yangicha ishlaydi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı “Ózmetkombinat”tıń Quyıw-prokatlaw kompleksin iske túsirdi. Ózbekstan aymaqları hám Italiyanıń Toskanası arasındaǵı birge islesiw keńeymekte. Máhálle aqsaqalları hám “jetilik”ler jańasha is alıp baradı.

Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства дал старт работе Литейно-прокатного комплекса Узметкомбината. Расширяется сотрудничество между регионами Узбекистана и итальянской Тосканой. Председатели и «семерки» махаллей будут работать по-новому.

Weekly review of the most important events: The Head of State launched the casting and rolling complex of Uzmetkombinat. Cooperation between the regions of Uzbekistan and the Italian region of Tuscany has been expanded. Mahalla chairpersons and the “mahalla seven” will work under a new system.

Facebook|Instagram|X
1


Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Nurafshon mahallasidagi Nurafshon–Ohangaron markaziy chorrahasi atrofi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Hududda yirik LED monitor o‘rnatilmoqda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, rang-barang gullar ekilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni samarali parvarishlash maqsadida suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlari barpo etilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari shahar infratuzilmasini yanada obod va ko‘rkam etish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi va mehmonlar uchun qulay, zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


📣Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsion holatlarga duch keldingizmi? Bizga “Tezkor xabar” bering!

Korrupsiyaga “Yo‘q” deng!

💻Tizimda korrupsiya holatlari va noqonuniy harakatlar haqida xabar berish uchun 12-71 ishonch telefonimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning:

➡️Telegrambot: @pensiyauzbot

➡️ Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️ Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/

📥 Elektron pochta:
pension_uz@imv.uz

📨 Murojaatlaringizga dushanbadan jumagacha 09:00 dan 18:00 gacha o‘z vaqtida javob beriladi.

📅 Dam olish kunlarida jo‘natgan murojaatlaringiz birinchi ish kunidayoq ko‘rib chiqiladi va javob beriladi.

⚠️ Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga ko‘maklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi. Yodda tuting, korrupsiya mamlakat rivojlanishidagi asosiy to‘siqdir.

Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi.

📞 12-71

☎️ 55-903-12-98

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Katta shou-konsert dasturiga marhamat!

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida ham tantanali madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.

🎤Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan "Ustozlar izidan" nomli gala konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz! Konsert dasturining maxsus mehmoni — yoshlarning sevimli xonandasi Doston Ergashev.


Bayram oqshomida sizni betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin sahna chiqishlari hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi unutilmas musiqiy lahzalar kutmoqda.

📅Sana: 20-iyul
🕗Vaqt: soat 20:00
📍Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududi, "Vatanparvar" bog‘i
🆓 Kirish bepul!


Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari! Barchangizni ushbu bayramona shou-konsert dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1


Nurafshon shahar Taraqqiyot mahallasida PQ–393-son qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli qurilish ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar qariyb 1 kilometrga yaqin masofada yangi oqova suv tarmoqlari tortilib, ayni vaqtda mazkur hududda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, birgina Taraqqiyot mahallasining o‘zida 8,4 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish va Uchqun mahallalarida ham yangi oqova suv tarmoqlari hamda oqova nasos stansiyalarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida yuzlab xonadonlarning markazlashgan oqova suv tizimiga ulanish imkoniyati kengayadi, sanitariya-gigiyena holati yaxshilanadi hamda mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantiriladi.

❗️Prezidentimiz qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar Nurafshon shahrining barqaror rivojlanishi, aholi turmush sifatini yuksaltirish va zamonaviy, qulay shahar muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Katta shou-konsert dasturiga marhamat!

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida ham tantanali madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.

🎤Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan "Ustozlar izidan" nomli gala konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz! Konsert dasturining maxsus mehmoni — yoshlarning sevimli xonandasi Doston Ergashev.


Bayram oqshomida sizni betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin sahna chiqishlari hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi unutilmas musiqiy lahzalar kutmoqda.

📅Sana: 20-iyul
🕗Vaqt: soat 20:00
📍Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududi, "Vatanparvar" bog‘i
🆓 Kirish bepul!


Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari! Barchangizni ushbu bayramona shou-konsert dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21


Nurafshon shahri hududidan oqib o‘tuvchi ariq va zovurlarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan turli maishiy chiqindilar, loyqa va begona o‘simliklar tozalanmoqda.

Shu bilan birga, ariq va zovurlarning chet qismlarida beton qoplama yotqizilib, ularning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar suvning erkin oqishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, hududning obod va ozoda qiyofasini saqlash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarining oldini olishga xizmat qiladi.


Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida shahar hududining turli manzillarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi yangi test markazida ilk imtihonlar
⚡️

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1