Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram


Hashar — obodlik va birdamlik timsoli

🇺🇿 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Obodlik ostonadan boshlanadi!" umumxalq obodonlashtirish aksiyasi doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida ko‘cha va mahallalarni yanada obod, ozoda va fayzli maskanga aylantirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔂Bugun ham Nurafshon shahrida ommaviy hashar tashkil etilib, hududdagi korxona-tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar bir yoqadan bosh chiqarib obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Hashar davomida hududlar tartibga keltirilib, yashil maydonlar parvarishlandi va atrof-muhit yanada obod qilindi.


Hashar davomida ishtirokchilar uchun dasturxon yozilib, kuy-qo'shiqlar jo'rligida samimiy mehmondorchilik tashkil qilindi. Ushbu ezgu tashabbusga Nurafshon mahallasining faol tadbirkorlari ham munosib hissa qo‘shib, hashar qatnashchilarini mehmon qilish orqali hamjihatlik va saxovatning yorqin namunasini namoyon etdilar.

❗️Obod va farovon yurtni barpo etish har birimizning mas'uliyatimizdir. Ana shunday ezgu tashabbuslar orqali Nurafshon yanada ko‘rkam, ozoda va yashash uchun qulay shaharga aylanib bormoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1👏1


Taraqqiyot mahallasida oqava suv tarmoqlarini tortish ishlari jadal davom etmoqda


Nurafshon shahrining Taraqqiyot mahallasida aholini zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash maqsadida oqava suv tarmoqlarini tortish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

🔂Bugungi kunga qadar 1,5 kilometr masofada oqava suv tarmoqlari yotqizildi. Loyiha to‘liq yakunlangach esa jami 5 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoqlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush sifatini yanada oshirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda zamonaviy kommunal infratuzilmadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

❗️Qurilish ishlari belgilangan reja va grafik asosida izchil olib borilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida Taraqqiyot mahallasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yanada takomillashib, aholiga qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga munosib hissa qo‘shadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida "Obodlik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Bugungi kunda shahar ko‘chalarida manzarali daraxt va gullarni parvarishlash, yashil hududlarni sug‘orish, yo‘l chetidagi bordyurlarni bo‘yash, binolar fasadlarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarni yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ko‘chat ekish, gulzorlarni soyabonlar bilan himoyalash hamda yashil maydonlarni muntazam parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli shahrimiz kundan-kunga yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.

#Hashar
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👎2