Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#jarayon

Uzum sayli dasturi doirasidagi tadbirlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, vazirlik   va idoralar, diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar shuningdek, tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq liboslar ko'rgazmasi, an'anaviy auksion savdolari bo'lib o'tmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#shukuh

«Uzum sayli»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Parkentda «Uzum sayli-2026» xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zgacha bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tabiat saxovati, zahmatkash dehqon mehnati va xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu sayil nafaqat uzumchilikning betakror an’analarini namoyon etuvchi, balki xalqimizning mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi va milliy qadriyatlarini tarannum etuvchi katta bayram sifatida keng nishonlandi.

Bayramga xorijdan, mamlakatimiz hamda Toshkent viloyatining turli hududlaridan mehmonlar, soha vakillari, tajribali uzum yetishtiruvchi mirishkorlar, tadbirkorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokchilar va bayram mehmonlarini samimiy qutlab, barchaga ezgu tilaklarini bildirdi. O‘zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish, sohada ko‘p yillik tajribaga ega mirishkorlarning fidokorona mehnatini munosib qadrlash, qadimiy dehqonchilik an’analarini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Tantanali ochilishdan so‘ng bayram dasturi katta gala-konsertga ulanib ketdi. El suygan san’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari, jo‘shqin raqslar, yorqin sahna chiqishlari va ko‘tarinki kayfiyat Zarkent osmoniga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bayram maydonida musiqa sadolari yangrab, mehmonlar va ishtirokchilar birgalikda unutilmas lahzalarga guvoh bo‘ldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2