Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Nurafshon shahridagi mahallalarda energiya barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlari va transformator punktlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Muqumiy MFY hududidagi TP-335 transformator punktida mavjud qurilmaning rubinligini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Qumariq MFY hududidagi TP-43 transformator punktida esa mavjud 160 kVA quvvatli transformatorni yuklamadan xalos etish maqsadida 250 kVA quvvatli transformatorni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qumariq MFY hududida transformator uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda elektr kabellarini tortish ishlari davom etmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
✔️ Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.✔️ Muloqot avvalida shahar hokimi mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar uchun biznes boshlash imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratilayotganini ta’kidladi.
Suhbat davomida yoshlarning biznes g‘oyalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi ehtiyojlari hamda mavjud to‘siqlar muhokama qilindi. Shuningdek, imtiyozli moliyalashtirish, davlat dasturlari doirasidagi qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish, kasb-hunar egallash va bandlik masalalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
✔️ Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
❕Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mustaqil faoliyatga yo‘naltirish va yangi loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun amaliy ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chorlov
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Sayilga marhamat!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Sayilga marhamat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon yosh sportchilariga e’tibor va qo‘llab-quvvatlash
Nurafshon shahridagi sport maktabida shug‘ullanayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash maqsadida sport jihozlari va maxsus sport liboslari topshirildi.
✅ Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi, o‘z mahoratini oshirishi va kelgusida shahar, viloyat hamda respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nurafshonda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlarni yanada kengaytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshondagi katta konsertga marhamat!
Nurafshon shahrida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi.
⭐️ Tadbirda estradamiz porloq yulduzi Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi, “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoasining ajoyib musiqiy chiqishlari namoyish etiladi.
🎶 Bayram dasturidan betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ijodiy chiqishlar va unutilmas musiqiy lahzalar o‘rin oladi.
📅 Sana: 21-avgust
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududidagi “O‘zbekiston bog‘i” (Favvora)
#Mustaqillik_35_yil
#Mustaqillik_to‘yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot
Nurafshon shahrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokimning birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, yoshlar yetakchilari hamda mas’ullar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning biznes g‘oyalari, muammo va takliflari o‘rganilib, imtiyozli moliyalashtirish, davlat dasturlari va bandlik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🤝 Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning biznes loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Uzum_sayli
Bugun “Uzum sayli” xalqaro festivali.
Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Qani, sayilga marhamat!
Manzil: Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
📍 Joylashuv manzili
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Bugun “Uzum sayli” xalqaro festivali.
Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Qani, sayilga marhamat!
Manzil: Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda!
Parkentning betakror tabiati, Zarkentning fayzli manzaralari, uzumzorlarning tarovati va bayramona muhit festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.
Ayni damda festival maydonlarida turli tadbirlar, ko‘rgazmalar, madaniy dasturlar va qiziqarli jarayonlar bir-birini almashtirmoqda.
“Uzum sayli”dan eng qaynoq, eng yorqin va unutilmas lavhalarni biz bilan birga kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Diqqat: Festivalning tantanali ochilish marosimini jonli tomosha qilishingiz mumkin
Bugun Uzum sayli festivalining tantanali ochilish marosimi soat 19.00 ga belgilangan.
Unda o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida katta gala-konsert namoyish etiladi.
Ushbu marosimni Nurafshon TV orqali jonli tomosha qiling!
Ayni paytda ijodiy guruh transilyatsiya uchun qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Bugun Uzum sayli festivalining tantanali ochilish marosimi soat 19.00 ga belgilangan.
Unda o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida katta gala-konsert namoyish etiladi.
Ushbu marosimni Nurafshon TV orqali jonli tomosha qiling!
Ayni paytda ijodiy guruh transilyatsiya uchun qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2