NURAFSHON SHAHRIDA ISLOHOTLAR SHTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X. Jalolov, Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov hamda shahar prokurori T. Karimov ishtirokida Nurafshon shahrida tashkil etilgan Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash hamda bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganish yakunida belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Milliylik va tibbiyot — qadriyatlar uyg‘unligi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi tomonidan tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bilan bir qatorda, xalqimizning boy milliy qadriyatlari va an’analarini asrab-avaylash hamda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajriba
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Barqaror elektr ta’minoti yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
Nurafshon shahrining "Hurriyat" MFY hududida aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda tarmoq quvvatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda TP 376-sonli transformator beton ustunlarni o‘rnatish hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash doirasida SIP kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifati yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.
Nurafshon shahrida aholiga qulay va barqaror infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikni qisqartirish: har bir oila uchun aniq vazifalar belgilandi
Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hokimga biriktirilgan kambag‘al oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini o‘rgandi.
✔️ O‘rganish davomida oilalarning muammolari va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralar belgilandi. Jumladan, bir oilaning bog‘cha yoshidagi farzandini imtiyoz asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.✔️ Shuningdek, yana bir oilada mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash, xonadonlardagi bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda uy sharoitida daromad keltiruvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, kambag‘allik darajasini qisqartirish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1