Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?

✔️Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda 6,0 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

🐈‍⬛Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.

🔼Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.

➡️Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga ishonch hosil qilishi kerak.

🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More

#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajriba

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Barqaror elektr ta’minoti yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrining "Hurriyat" MFY hududida aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda tarmoq quvvatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda TP 376-sonli transformator beton ustunlarni o‘rnatish hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash doirasida SIP kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifati yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.

Nurafshon shahrida aholiga qulay va barqaror infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Kambag‘allikni qisqartirish: har bir oila uchun aniq vazifalar belgilandi


Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hokimga biriktirilgan kambag‘al oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini o‘rgandi.

✔️O‘rganish davomida oilalarning muammolari va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralar belgilandi. Jumladan, bir oilaning bog‘cha yoshidagi farzandini imtiyoz asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

✔️Shuningdek, yana bir oilada mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash, xonadonlardagi bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda uy sharoitida daromad keltiruvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.


Shundan so‘ng mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, kambag‘allik darajasini qisqartirish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

❗️Bunda xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholini mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga keng jalb etish, har bir oila bilan individual ishlash va belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifalari belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


6 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda Degantepa mahallasidagi NEMO COLLECTION tikuvchilik korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

✔️18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ishlash istagidagi fuqarolar ishga taklif etiladi. Muhimi, ishga kirish uchun avvaldan maxsus malakaga ega bo‘lish shart emas. Korxonada malakasiz xodimlarga ham kasb o‘rgatilib, zarur mehnat ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mazkur imkoniyatlardan foydalanib, fuqarolar doimiy bandligini ta’minlashi va o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.

☎️ 95 076 15 84
📌Lokatsiya


❗️Ushbu ishlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Davlat ko‘magini yana bir bor his qildim — bir fuqaroning uch muammosi joyida hal etildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarni kambag‘allikdan chiqarish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Islohotlar shtabi tashkil etilib, har bir mahallaga malakali mutaxassislar biriktirildi. Shahar hokimi rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.

Jumladan, “Obod turmush” mahallasiga biriktirilgan rahbar hamda mahalla yettiligi tomonidan xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, oilalarni daromadli qilish va mavjud muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Xususan, mazkur mahallada yashovchi fuqaroning uchta muammosi — pasport olish, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda ish bilan ta’minlash masalalari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi.

❗️Bunday amaliy ishlar shaharning barcha mahallalarida davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tajribasidan poytaxt miqyosiga: mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirishning yangi bosqichi.

От опыта Алмазара – к масштабу всей столицы: новый этап комплексного развития махаллей и улиц.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NO COMMENT: Nurafshonda Islohotlar shtabi — kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar markazi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


7 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda shahar markazidagi "Textill Mill Tashkent" qoʻshma korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 2.5 million so‘mdan 7 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

Quyidagi lavozimlarga ishga taklif qilamiz:

✔️Menejer
25–35 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talablar:
🔘hisob-kitobni yaxshi bilish;
🔘rus tilida ta’lim olgan bo‘lish.
Ish haqi: 5 000 000–6 000 000 so‘m.

✔️ Kompyuter va hisob-kitob bo‘yicha mutaxassis
🔘35 yoshgacha bo‘lgan, universitetni tamomlagan, kompyuter va hisob-kitobni yaxshi biladigan nomzodlar ishga taklif qilinadi.

✔️Dizayner
18–25 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talab:
🔘kompyuterdan yaxshi foydalana olish.
Ish haqi: 2 500 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️To‘quv bo‘limi
🔘18–35 yoshdagi qizlar va yigitlar ishga taklif qilinadi.
🔘Ish tartibi: 2 kun kunduzgi smena, 2 kun tungi smena, 2 kun dam olish.
Ish haqi: 2 500 000–5 000 000 so‘m.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — yelimlovchi
🔘25–35 yoshdagi yigitlar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 3 000 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — tikuvchi
🔘Tikishni biladigan ayollar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 2 700 000 so‘mdan boshlanadi.


☎️ 95 193 35 33
📌Lokatsiya

❗️Mazkur chora-tadbirlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

Tozalik supurgidan emas, insonning ongidan boshlanadi!

Ko‘chalarimizni ozoda saqlaylik!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3