Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.6K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

“QUVNOQ STARTLAR” — NURAFSHON SHAHAR BIRINCHILIGI!

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida hududiy bosqichda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar o‘rtasida sportning “Quvnoq startlar” turi bo‘yicha Nurafshon shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 10-, 48-, 1- va 4-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, epchilligi va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar.

🥇 1-o‘rin — 1-maktab
🥈 2-o‘rin — 48-maktab
🥉 3-o‘rin — 10-maktab


Nurafshon shahrida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga faol jalb qilish tadbirlari izchil olib borilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Национальным лидером туркменского народа, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.

Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!

✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

#Zulfiya #nomzodlar2026

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
❤1
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

TARAQQIYOT MAHALLASI: KECHA VA BUGUN

Nurafshon shahridagi Taraqqiyot mahallasini markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulash ishlari 2022-yilda boshlangan bo‘lsa-da, qurilish ishlarining o‘z vaqtida yakunlanmagani hududda qator muammolarni keltirib chiqargan edi.

Xususan, 2 metrdan ortiq chuqurlikda qazilgan ochiq chuqurlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solib, fuqarolarning haqli e’tirozlari va takroriy murojaatlariga sabab bo‘layotgan edi.

❗Mazkur muammolar shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan nazoratga olinib, bugungi kunda mahallada keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.


Jumladan, issiqlik ta’minoti tizimi bo‘yicha to‘xtab qolgan ishlar davom ettirilib, ochiq chuqurlar yopilmoqda, piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda hamda oqova suv tarmoqlari yangilanmoqda.

Shu bilan birga, hududdagi boshqa kommunal muammolarni bartaraf etish choralari ham ko‘rilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
👍1🔥1👌1