Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#aholiga_qulaylik
#birdamlik

Nurafshon shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uylar oldidagi qor-muzlamalar tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqilmqoda.

Bunday xayrli ishda xalqqa hamnafas bo'layotgan Shahar uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasining jonkuyar xodimlarini alohida e'tirof etish kerak.

Shu vaqtga qadar ular tomonidan yo‘llardagi muz qoplagan joylar, shuningdek, hali olib ketishga ulgurilmagan qor uyumlarini olib chiqish, yo‘llarda qorning tezroq erishi uchun tuz-qum aralashmasi sepish ishlari birdamlikda amalga oshirildi.

Shahrimizdagi savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrof-hududlarini, bozorlarning kirish qismlarini qordan tozalash ishlarini tashkil etish
jarayonlari davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4👏3🔥1💯1
Нурафшон давлат университети ташкил этилади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Нурафшон давлат университети фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори лойиҳаси муҳокамага қўйилди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/67473

Обуна бўлинг 👉 t.me/yuz_official
🏆3👍2🔥1👏1
#Nurafshon
#2_sektor
#ishchi_guruh

Shahar prokurori rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan "Obod turmush" MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarning isitish tizimlari faoliyati o'rganildi.

Shuningdek, mahalla aholisiga qulaylik yaratish maqsadida muzlama yo'llarga qum-tuz aralashmasi sepilib, yo'llar tozalandi.

Muzlama yo'llar va ko'chalarni tozalash ishlari shahardagi barcha mahallalarda tizimli ravishda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍3🔥1👏1
#Nurafshon
#milliy_gvardiya
#profilaktik_suhbat

📢 Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida shahar milliy gvardiya xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔥 Profilaktik tadbirlarda asosiy eʼtibor xodimlarning is gazidan zaharlanishi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan.

👨‍💻 Profilaktik tadbirlar tizimli ravishda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👏3👍1🔥1
#Nurafshon
#Zakovat
#saralash

Nurafshon shahridagi 2- sektorda joylashgan mahallalar oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini o'tkazildi.

📌 Unda MFY raislari, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilaridan tarkib topgan jamoalar o'zaro bellashdilar.

🥇 Qizg'in bahs-munozaraga boy bo'lgan o'yin natijalariga ko'ra 2-sektorning "Qumariq" MFY xodimlari jamoasi birinchi o'rinni qoʻlga kiritib shahar bosqichiga yoʻllanma olishdi.

💐 "Qumariq" omad yor bo'lsin!!!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4👏2🏆2🎉1
#diqqat

❗️Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi

🛠 “Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi”ning yillik elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash rejasiga asosan hamda iste’molchilarga uzliksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya xolatlarini oldini olish maqsadida shahrimizdagi ayrim hududlarda elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔷 Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

✍️ Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Hurmatli Nurafshon shahar gaz iste’molchilari!!!

Xonadoningizdagi mavjud gaz jihozlaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda foydalanishingizni so'raymiz.

Ayniqsa, gaz bosimi tanqisligi kuzatilayotgan hududlardagi xonadon egalaridan xonalarni isitish maqsadida gaz xo‘jaligida qabul qilinmagan yasama temir pech, nosoz dudburonli isitish pechlaridan va shlang ulanishlardan foydalanmang.

Shuningdek, gaz jihozlarini yoqiq holatda nazoratsiz qoldirmasliklaringizni so‘raymiz.

"Nurafshonshahargaz" ma’muriyati

☎️ 99 004 81 04

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1🔥1
👍2🎉1