Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#diqqat

Hurmatli hamshaharlar!

📢 Ko‘cha-ko‘yda sovuqdan muzlab qolgan uysiz fuqarolarni ko‘rsangiz, darhol quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni va fuqaroni ko‘rgan manzilingizni aytishingizni so‘raymiz.

☎️ 70 762 78 39
☎️ 70 762 80 38

🆘 Toshkent viloyati IIBB tomonidan uysizlar uchun boshpana tashkil qilingan. Nurafshon shahar IIB xodimlari tomonidan siz tomoningizdan berilgan xabar bo‘yicha uysiz fuqaroni boshpanaga olib borish, unga yordam berish, issiq ovqat bilan ta'minlash choralari ko‘riladi.

🔶 Sizning bevosita ko‘magingiz bilan sovuqda qolgan yurtdoshimiz sovuq kunlardan eson-omon chiqib olishiga befarq bo'lmang!!!

✍️ Nurafshon shahar Ichki ishlar bo'limi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon_jarayon

Nurafshon shahar "Nurafshon" MFY 9-maktabda ham o'quvchilarni kutib olish uchun tayyorgarlik ko'rish ishlari yakunlandi.

Maktabga olib kiruvchi yo'llar, yo'lakchalar qor uyumlaridan tozalanib o'quvchilar uchun qulaylik yaratildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#bildirish

📝 Nurafshon shahrida ertaga, 12 yanvar kuni faoliyatini boshlayotgan maktablar:

🔷 1-IDUM, 4-IDUM, 9-IDUM, 10, 13, 19, 25, 26, 32, 48, 57, 62, 73-maktablar;

🔖 Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining tegishli topshirig‘iga asosan Nurafshon shahrida joylashgan maktablardagi issiqlik taʼminoti holatlari ham shahar hokimligi, maktab direktorlari va mahalla raislari bilan o'rganib chiqildi.

📢 O'quvchilarga darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashlari orqali xabardor qilindi.

Xozirda barcha maktablarda o'quvchilar qatnaydigan asosiy yo'llar, yo'lakchalar hashar yo'li bilan tozalanib tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon_jarayon
#xotin_qizlar_ayollar_daftari

📝 Ayni kunlarda Nurafshon shahrida “Ayollar daftari” to‘rtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

🔷 Xatlov jarayonida 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar sharoiti o‘rganilib, ularga tegishli mezonlar asosida yordam ko‘rsatiladi.

🔖 Ya'ni, "Ayollar daftari" ga — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlab, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#aholiga_qulaylik
#birdamlik

Nurafshon shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uylar oldidagi qor-muzlamalar tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqilmqoda.

Bunday xayrli ishda xalqqa hamnafas bo'layotgan Shahar uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo‘limining jonkuyar xodimlarini alohida e'tirof etish kerak.

Shu vaqtga qadar ular tomonidan yo‘llardagi muz qoplagan joylar, shuningdek, hali olib ketishga ulgurilmagan qor uyumlarini olib chiqish, yo‘llarda qorning tezroq erishi uchun tuz-qum aralashmasi sepish ishlari birdamlikda amalga oshirildi.

Shahrimizdagi savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrof-hududlarini, bozorlarning kirish qismlarini qordan tozalash ishlarini tashkil etish jarayonlari davom etmoqda.


📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube