Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#shukuh
#jarayon

Joriy yilning 14-mart kuni Nurafshon shahar 1-sonli umumta’lim maktabida 21-mart-Navro‘z bayrami, uning tarixi va qadriyatlariga bag‘ishlangan "Zemlya, gde snyatsya sennosti" mavzusida rus sinf o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari O.Zakirov o‘quvchilarga "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlashda urf-odatlarimiz haqida gapirib berdi. Ushbu bayram umumxalq bayrami ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qish, qo‘shiqlar va raqslar ijro etish bilan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Shukuh

"Birlik" mahalla yig'ini fuqarolari uchun yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi. Bugungi ushbu shodiyona kuniga mahallaning Navro'z sayli ulanib ketdi. Bayram tadbiri keng jamoatchilikning ko`tarinki kayfiyatida o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Фикр

Кейинги пайтда Ўзбекистонга келиб-кетувчилар кўпайди. Улар томондан турли ният ва мақсадлар, тарафингизни айтинг, ким томондасиз, деган қатъий талаблар янграяпти. Гоҳи юмшоқ, гоҳи таҳдидли оҳанг касб этаётган бу саволлар халқимизнинг барча фикрловчи қатламини ўйга солаяпти. Биз урушга тайёргарлик кўрмаяпмиз, аммо, керак бўлса, ҳар қандай куч билан охиригача урушишга ҳам тайёрмиз. Ўзбекистон – буюк давлат. Ва бу давлат ишончли қўлларда.

Шавкат Мирзиёев жанубга – ҳар доим энг катта хавотир ва хатарлар манбаи сифатида кўрилган ҳудудга борди, армия ўқув-машғулотини кузатди, жанговар тайёргарлик кўздан кечирилди. Бу нимани англатади? Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз. Ватан манфаати учун битта мушт бўла оламиз. Ўзбекистон халқи ҳар қандай эҳтимолликка маънан ва бошқа жиҳатдан тайёр. Биз қўрқмаймиз. Биз Ватан манфаатлари билан чамбарчас боғлиқ бўлган Президент сиёсатини тўлиқ қўллаб-қувватлаймиз.

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yangi_O'zbekiston_Konstitutsiyasi_Qonun_loyihasi.pdf
359.5 KB
#Konstitutsiya #Referendum

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, Qonun loyihasi ”Xalq soʻzi“ va ”Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida eʼlon qilindi.

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Ob_havo

🌤 15 - Mart : Nurafshon shahrida ob-havo

☀️Bugun kunduzi + 18°...+ 20° daraja issiq boʻlib, shimoliy-g'arbdan 2-3 m/s tezlikda shamol esadi. Havo namligi 42-53% ni tashkil etadi.

🌖Bugun kechasi + 14°...+ 18° daraja iliq boʻladi, shimoliy-gʻarbdan sekundiga 2-4 m/s tezlikda shamol esadi. Havo namligi 51-75% ni tashkil etadi.

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website