Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
# eʼtibor

📍 Biz shunday yurtda yashaymizki xalqimizda har bir bolaga mehr va eʼtibor, ijtimoiy jihatdan yordam berish, hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy fazilatlar shakllangan.

Nurafshon shahar hokimining tashabbusi bilan “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarga ularning muammolarini hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish hamda rag‘batlantirish, kelajakda o‘z o‘rnini topishda biroz bo‘lsada hissa qo‘shish maqsadida shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan elektron pech (duxovka), noutbuk va printerlar topshirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Sayyor qabul

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi M.M.Peltabayeva tomonidan “Bobur MFY” aholisi uchun sayyor qabul, tibbiy korik hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli xildagi tibbiyotga oid masalalar tinglandi va ayrim muammolar joyida bartaraf etildi.
🏥Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan tibbiy ko’rikda 52 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ulardan 10 nafarida  yurak ishemik kasalligi, 8 nafarida  gipertoniya, 4 nafarida surunkali xolestestit, 5 nafarida kamqonlik aniqlanib, 2 nafariga uy shifoxonasi asosida davo muolajalari buyurildi.
🔹Shuningdek, aholining sog'lom turmush tarzini targ’ib etish va jismoniy faollik haqida ham tushuntirish, targ’ibot ishlari olib borildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
# Shukronalik

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva hamda viiloyat Kasaba uyushmasi xodimlari, shahrimizning "Chig'iriq" MFYda yashovchi, Ayollar daftarining 4- bosqichida turuvchi Venera Omarova holidan xabar oldilar. Venera Omarovaga "Ayollar daftari" jamg'armasidan 20 million so'm miqdorda tezkor tibbiy jarrohlik uchun mablag' ajratildi. 7 oy to'shakka mixlanib qolgan V.Omarovaning hozirgi kundagi holati yaxshilanib, asta yurishni ham boshladilar. Hayot sinovlarini boshidan kechirgan V.Omarova sog'liq eng asosiy boylik ekanligini aytib, hukumatimizga,  mutasaddi tashkilotlarga hayajon bilan chuqur minnaddorchiligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#mehr-saxovat

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko'mak berish va ularni qo'llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
Qurbon hayiti munosabati bilan 4 nafar ayollarga Хotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan nogironlik aravalari berildi hamda xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Utapov tashabbusiga ko'ra, 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari Nurafshon MFY raisi E.Djambilov, xotin -qizlar faoli Z.Musayevalar ishtirokida topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
QUTLOV!
Bugun Nurafshon shahаr hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi mutaxassisi, 1-sektor kotibi Zarufbek Alaberdiyevich Dosbekovning tavalludi kuni.
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan hamkasbimizni samimiy qutlaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website