Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Парижда бўлиб ўтган музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон Стратегик шериклик ўрнатиш тўғрисидаги қўшма декларацияни қабул қилдилар.

По итогам состоявшихся в Париже переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Французской Республики Эммануэль Макрон приняли Совместную декларацию об установлении стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko'ra, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan murojaat o'sha kunning o'zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

🚫 Bunda, murojaatni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

📝 Davlat organlarida, tashkilotlarda murojaatlarni ro'yxatdan o'tkazish daftari yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat etuvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, murojaatning qisqacha mazmuni, ijrosi to'g'risidagi belgi, shuningdek boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.

Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, Ijodkorlar bog‘ida piyodalar uchun maxsus yo‘laklar qurish ishlari olib borilmoqda.

Zamonaviy va mustahkam yo‘laklar aholining qulay harakatlanishini ta’minlab, bog‘ hududini yanada chiroyli va shinam maskanga aylantiradi.

Ushbu tashabbus shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va fuqarolarga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #IjodkorlarBogi #YangiLoyiha #ShaharKo‘rkigaKo‘rk

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Maktablardagi o‘quvchilar davomati o‘rganildi

📌 Nurafshon shahridagi 9-maktabda o‘quvchilarning dars jarayonlariga qatnashishi va davomati o‘rganildi.

🔹 Ushbu jarayonda shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova hamda Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i F.Sultonov ishtirok etib, o‘quvchilarning davomati, darslarga qatnash faolligi va ta’lim sifati bo‘yicha monitoring olib bordilar.

🎯 O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va bolalarning muntazam ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyalar berildi.

#MaktabDavomati #Ta’limTaraqqiyoti
#NurafshonShahri #O‘quvchilarFaolligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus shaharni yanada obod va yashil maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan.

Shahar hokimi I. Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishib, ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Nurafshon #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #Obodonlashtirish #AtirgullarShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1