Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda para-badminton musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar Sport maktabida Olimpiya va Paralimpiya sport haftaligi doirasida para-badminton musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalar Sport maktabi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, sport orqali kuch, chidamlilik va irodani namoyon qilishdi. Ushbu musobaqalar nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sportning har kim uchun ochiq va qulay ekanligini yana bir bor isbotladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar kelgusida ham davom etishi rejalashtirilgan.

#SportHaftaligi #ParaBadminton #Nurafshon #SportBarchaga #G‘alabagaIntilish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Navro‘z" mahallasida shahar prokurori rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyatchilikning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori asosida tashkil etildi. Ushbu qarorda qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Shu bois yig‘ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquq-tartibot idoralari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Prokuratura organlari qonun ustuvorligini ta’minlash va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘z ishlarini qat’iy davom ettiradi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Xalqga yordam – oliy qadriyat" mavzusida seminar-kouching o‘tkazildi

Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan "Xalqga yordam – oliy qadriyat" mavzusida seminar-kouching tashkil etildi.

Tadbirda shahar 1-sektor mahallalari aholisi ishtirok etib, ijtimoiy himoya va aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminar davomida ijtimoiy himoya tizimidagi yangiliklar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida, ijtimoiy himoya sohasidagi davlat dasturlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ham oldilar.

#XalqgaYordam #IjtimoiyHimoya #Nurafshon #InsonMarkazi #OliyQadriyat #ToshkentViloyati #Mahalla #Seminar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Францияга давлат ташрифи якунига етди

Государственный визит Президента Шавката Мирзиёева во Францию завершился

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ramazon

Viloyatimiz aholisi Taroveh namozini tinch va xotirjam ado etishmoqda

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, O'zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Ramazon oyida aholi uchun Taroveh namozini o'qish jamoat tartibini saqlagan holda tashkillashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatda jami 223 ta jome masjidi mavjud bo'lib, shundan 219 tasida Taroveh namozlari o'qilmoqda. Ushbu namozlarda kuniga 110 ming atrofida aholi tashrif buyuradi va shu kunga qadar 1 540 000 nafar fuqaro qatnashdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3