Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
🏆 Nurafshonda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Workaut musobaqalari o'tkazildi

🔹 Toshkent viloyati Nurafshon shahrining “Yoshlik”, “Nurafshon” va “Navro‘z” mahallalarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida workout sport turi bo‘yicha mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💪 Musobaqada yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etib, kuch sinashishdi. G‘oliblar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini oldi.

🎁 Musobaqa so‘ngida yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusi bosqichga chiqqan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin! 🚀

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Workaut #Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yoshlar_sporti #Faol_yoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Nurafshonda sumalak tadbiri tashkil etildi

Nurafshon shahar hokimligi va Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Qumariq MFYda sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbir shahardagi barcha mahalla raislari, Yoshlar ishlari bo‘limi mahalla yetakchilari hamda Oqila ayollar harakati vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Sumalak tayyorlash jarayonida mahalla faollari, yoshlar va aholi faollik ko‘rsatib, qadimiy an’ana asosida ezgulik va birdamlik muhitini yaratishdi.

Tayyor bo‘lgan sumalaklar mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilib, ushbu ezgu tashabbus saxovat va mehr-muruvvat ruhida o‘tkazildi.

#Nurafshon_shahri #Sumalak_sayli
#Mahalla_birdamligi #Xayriya_tadbiri
#Navro‘z_muborak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
Nurafshon shahrida ko‘chat ekish seminari o‘tkazildi

Ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida ko‘chat ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarda  Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Sultonov, Nuroniylar Kengashi raisi J.Ahmedkulov boshchiligida o‘quvchi-yoshlarga tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, atrof-muhitni asrash va ko‘chat parvarishlashning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbir yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, yashil muhitni kengaytirish hamda shahrimizni yanada ko‘rkam qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. “Bir nihol – bir hayot!” tamoyili asosida o‘tkazilgan tadbir yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni o‘ziga xos xayrli tashabbusga undadi.

Kelajak avlod uchun yashil muhit yaratish – bugungi kun vazifasi!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
Forwarded from Nurafshon yoshlari (Ixtiyorjon_Mahmudov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashilmakon2025
#Nurafshon_shahri

"Yashil makon" loyihasi doirasida

🌳Xalqimizda “Ko‘chat ek, bog‘ yarat” degan naql bor. Chunki, ekilgan ko‘chatlar unib-o‘sib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, ko‘zlarni quvontiradi, ham havoning sofligini ta’minlaydi.

🌿 Shu bois, Nurafshon shahri "Qumariq" mahallasi hududida  tashkil qilingan "Mahalla yoshlarining ma'naviyat bog'i"da minglab manzarali daraxt ko'chatlarning tagi yumshatilib, oqlandi.
Jarayonda Mahalla 7 ligi,
Yoshlar va barcha tashkilot, hodimlari faol ishtirok etdi.

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
🔹 E’LON

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov tomonidan viloyat aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabuli o‘tkaziladi. Qabul joriy yilning 16-mart kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati IIBB binosida (Nurafshon shahri, Yangiobod ko'chasi.) bo‘lib o‘tadi.
__

🔹 ЭЪЛОН


Тошкент вилояти ИИББ бошлиғи генерал-майор, Тоҳир Арипов томонидан вилоят аҳолисининг мурожаатларини ўрганиш мақсадида шахсий қабули ўтказилади. Қабул жорий йилнинг 16 март куни соат 15:00 да Тошкент вилояти ИИББ биносида (Нурафшон шаҳри, Янгиобод кўчаси.) бўлиб ўтади.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

🌺 Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan atirgul ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu chiroyli gullar shaharga yanada fayz va go‘zallik bag‘ishlab, ko‘rkam muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌱 Yashil makonni kengaytirish, tabiatga mehr berish – barchamizning burchimiz!

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Yashil_makon #Obodonlashtirish #Gulzorlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt